Главная » 2013 » Oktabr » 2 » Yaroslav Rakiskiy: Runiga halaqit berishga harakat qilib ko'raman
11:35
Yaroslav Rakiskiy: Runiga halaqit berishga harakat qilib ko'raman
"Shaxtyor" klubi ximoyachisi Yaroslav Rakiskiy "Manchester Yunyted"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ertaga o'zimizning yaxshi o'yinimizni namoyish qilgan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "MYu"ning omadsiz starti? Hozirgi vaqtda Ukraina va Angliya chempionatlaridagi holat unchalik muhum emas. Biz Chempionlar ligasi haqida gaplashmoqdamiz. Bu umuman boshqa turnir va "MYu" ham "Shaxtyor" ham g'alaba uchun o'ynashadi.

Runi - ajoyib xujumchi, u ajoyib jamoa tarkibida harakat qiladi. Unga qarshi terma jamoa safida o'ynaganman. Lekin hozir terma jamoalar emas, butkul boshqa-boshqa klublar to'qnashadi. Men Runiga halaqit berishga harakat qilib ko'raman" dedi Rakiskiy.
Просмотров: 300 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]