Главная » 2013 » Oktabr » 17 » Yanuzay otasi: Belgiya bizga qiziqyapti
16:15
Yanuzay otasi: Belgiya bizga qiziqyapti
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots Adnanning Belgiya termasida o‘ynash-o‘ynamasligi haqidagi savolga hech kim bilan, hech qanday muzokara olib bormayotgani va umuman bu futbolchini tanimasligini ta'kidladi.

«Men hech qanday muzokaralar olib borayotganim yo‘q. Yigitcha Belgiyada tug‘ilgan ekanmi? Jamoada o‘ynamoqchimi? Yana qanaqa muammo va taklif bo‘lishi mumkin?!

Real hayotda haqiqatdan ham shunday bolakay bormi? O‘ynagisi kelyaptimi? - ajoyib! Menga uni ko‘rsating», - skysports Vilmots so'zlaridan parcha keltirmoqda.

Agar sen «Manchester Yunayted»da o‘ynasang ham, avval nimalarga qodir ekaningni ko‘rsat. Agar menga kerak bo‘lib qolsang chaqiraman. Hozir esa, Yanuzayi bilan ham, boshqasi bilan ham qiziqayotganim yo‘q», - degan edi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

O'z navbatida Adnan Yanuzayning otasi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyining uning o‘g‘li haqidagi fikrlariga raddiya bildirdi: «Bu pastkashlik! Biz hali biror marta Belgiya futbol Federatsiyasining xat, xabarlariga ham, qo‘ng‘iroqlariga ham javob berganimiz yo‘q. Ular Yanuzay termada o‘ynashishi istashyapti, biz emas!»
Просмотров: 449 | Добавил: ManchesterUnited | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 Mansurjons  
0
odam vawe kamu nima b6ldi

5 Ashley-Young7707  
0
manchester qiyin ahvolga tuwib qolganida bu saytham ruhiy krizisdami?

4 Beks_7_Koson  
0
nega jim sizlar

3 Козим_10  
0
nega bu axvolga tuwib qoldi bu sayt, bir paytla qanaqa gavjum ediya

2 muzik_utd  
0
Nima bo'ldi bu saytga

1 Runi10  
0
Saytda hech kim yo'q, komentlar haqida gapirmasayam buladi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]