Главная » 2013 » May » 18 » «WEST BROMWICH ALBION» - «MANCHESTER UNITED» PREVIEW
14:16
«WEST BROMWICH ALBION» - «MANCHESTER UNITED» PREVIEW
«VEST BROMVICH -
MANCHESTER
YUNAYTED»


Stadion:
«Hotorns»,

Vest Bromvich.
Premyer Liga, 38-tur.
Yakshanba, 19-may
2013-yil.

Boshlanish vaqti: 16:00
BST (20:00 TVB).



TARKIBDAGI HOLAT

«Vest Bromvich»


Himoyachi Stiven Rid
jarohatidan tikkalandi,
ammo uning maydonga
tushishi so'roq ostida.
Jamoa sardori Kris Brant
va Mark-Antuan Fortyun
jarohatdan to'la
qutulishdi. Bu futbolchilar
«Norvich»ga qarshi
o'yinni o'tkazib
yuborishgan edi.

Chetlatilganlar: Yo'q.

Jarohatlanganlar: Yo'q.

So'roq ostida: Rid.

West Brom (from):
Foster, Myhill, Jones,
Brown, Ridgewell,
McAuley, Popov, Reid,
Olsson, Dawson, Thomas,
Lukaku, Morrison,
Dorrans, Rosenberg,
Brunt, Yacob, Long,
Odemwingie, Fortune,
Tamas, Mulumbu.



«Manchester
Yunayted»


Ser Aleks, o'zining
«Manchester
Yunayted»dagi so'nggi
o'ynida darvozada
Anders Lindegardni,
markaziy himoyada Jons
va Evansni qo'yishi
haqida xabar bergan edi,
Rafael esa
diskvalifikatsiya
o'tamoqda.

Chetlatilganlar: Rafael
(2 o'yin)

Jarohatlanganlar: Yang,
Smolling, Pauell, Fletcher.

Manchester United
(from):

De Gea,
Lindegaard, Jones, Vidic,
Ferdinand, Evans, Evra,
Buttner, Valencia, Carrick,
Scholes, Anderson,
Cleverley, Giggs, Kagawa,
Van Persie, Welbeck,
Rooney, Hernandez.



JAMOALAR HOLATI

«Vest Bromvich»


8-o'rin 48 ochko
Premyer Ligada so'nggi
3 ta o'yinda mag'lub
bo'ldi, 2 tasida gol
kirita olmadi.

«Manchester
Yunayted»


1-o'rin 88-ochko
«Yunayted» bu o'yinda
g'alaba qozonsa, Premyer
Ligada ochko jamg'arish
bo'yicha o'zining 91
ochkolik shahsiy
rekordini takrorlaydi,
Ferguson jamoasi
1999-00 mavsumda ham
shundax ochko
jamg'arishgan edi.

Mavsumda «Yunayted»
o'yinni boy berayotgan
holda 28 ochko
to'plashdi, bu Premyer
Ligadagi eng yaxshi
natija.

«Manchester
Yunayted»ning so'nggi 4
mehmondagi
mag'lubiyati 1-0 hisobida
yakunlangan.

«Manchester Yunayted»
mehmonda baxsida 1
to'p farqidan ko'p farq
bilan mag'lub
bo'lmayapti, so'ngi marta
«Liverpul» bilan 2011-yil
3-1 hisobidan beri.

«Yunayted» tarkibida bu
mavsumda 20 ta
futbolchi gol kiritdi va 17
ta futbolchi gollik pas
berdi, bu ikkala
ko'rsatkich Premyer
Ligada eng yaxshi
ko'rsatkich.

«Qizil iblislar» mavsumda
burchak to'pidan so'ng
raqib darvozasini 15
marta aniq nishonga
olishdi.

«Yunayted» 16 ta golni
so'nggi 15 daqiqada
kiritdi, bu borada
faqatgina
«Tottenhem» (16) va
«Arsenal» (18) ulardan
oldinda.



FUTBOLCHILARNING
HOLATLARI VA
REKORDLAR


«Vest Bromvich»


Eng yaxshi to'purar
Lukaku - 14 gol (14 ta
PLda)

Agar Ben Foster
maydonga tushsa, sobiq
jamoasiga qarshi
maydonga tushadi.

«Manchester
Yunayted»


Eng yaxshi to'purarlar:
Van Persi - 29 gol (25 ta
PLda), Chicharito - 17 gol
(9 ta PLda), Runi - 16 gol
(12 ta PLda).

Xavier Ernandezga
«Manchester Yunayted»
safidagi 50 goliga 2 ta
gol yetmayapti.

Ueyn Runi klubdagi 200
goli uchun, raqiblar
darvozasini 3 bor aniq
nishonga olishi kerak.

Runi «Vest Brom»ga
qarshi so'nggi 5 ta
o'yinda 5 ta gol kiritgan.

Rayan Giggs
«Yunayted»ning Premyer
Ligadagi 77 foiz
o'yinlarida maydonga
tushgan.

Rio Ferdinand «Suonsi»
darvozasiga kiritgan goli,
«Yunayted» safidagi
birinchi golidan 1.947
kundan so'ng kiritildi.

Ser Aleks Fergusonning
«Yunayted» murabbiyi
lavozimidagi so'nggi
o'yini klubdagi 1500
o'yini bo'ladi -
+895=337-267.



SHAXSIY
UCHRASHUVLAR


Barcha turnirlarda
raqiblar 121 marta
to'qnash kelishgan. 40
g'alaba «Vest Brom»da,
52 g'alaba
«Yunayted»da, 29
o'yinda durrang qayd
etilgan.

«Vest Brom» «APL»da hech qachon
«Yunayted»ni mag'lub
eta olmagan. 13 o'yinda
Ferguson jamoasi 11 ta
g'alabaga erishgan va
ikki ta durrang qayd
etilgan.

«Yunayted» so'nggi bor
«Vest Bromga» 1984-yil
mart oyida Hotornsda
2-0 hisobida mag'lub
bo'lgan.

Eng ko'p go'l 1968 yil aprel
oyida kiritilgan, o'shanda
«Vest Brom» 6-3 hisobida
g'alaba qozongan.

«Yunayted» esa o'z
tarixida birinchi marta
Yevropaning eng yaxshi
klubi bo'lgandi.



MAVSUMNING BIRINCHI
DAVRASIDAGI O'YIN


«Manchester
Yunayted» 2-0 «Vest
Brom»

29-dekabr, 2012-yil.
Hakam: Jonatan Moss.
Gol «Yunayted»dan:
Makoli 9 (avtogol), Van
Persi 90.



O'TGAN MAVSUMDAGI
O'YIN


«Vest Bromvich» 1-2
«Manchester
Yunayted»

14-avgust, 2011-yil.
Hakam: Mayk Jons.
Gol «Vest Brom»: Long
37.
Gol «Yunayted»: Runi 13,
Reyd 81 (avtogol).



BOSH HAKAM


Mayk Oliver (Nortumberland).

Bu mavsumda 38 ta o'yinni boshqargan, 104 ta sariq va 1 ta qizil kartichka ishlatishiga to'g'ri kelgan, o'rtacha har o'yinga 2.7 tadan.
Категория: PREVIEWS! | Просмотров: 527 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 11
11 dior-evans  
0
Rahmat Suroj malutotlar u.n ! 2010 yilda birmingemga otgan edi foster 6mln yevroga.

10 w_rooney98  
0
Suroj09 4i4arito 6tgan 6yinda gol urdiku yana 2 ta yetmayapti debsiz

9 Suroj09  
0
Balkim! zavoddi pulini yig'iwgandur

8 CAPTAIN  
0
Unda SAFga ajoyib vino zavod qurib berishlari kerak ekanda.

7 Suroj09  
0
Lazizbek aka ula yetarlicha pul yig'iwdi bu o'yinda har chiptani 2500£ dan sotiwdi nomardlar :-D

6 CAPTAIN  
0
BOSS hurmati: oxirgi öyinda yirik hisobda yutish kerak. Agar öyinchilarning qölidan kelmasa, özimiz pul yig'ib, Bromvich öyinchilariga qistirish kerak jaxl

5 Suroj09  
0
Raxmat Azamjon hammasi sayt uchun. Sizlarga yoqqan busa hursandman.

4 Chicharito  
0
super

3 Suroj09  
0
Ok!

2 ManchesterMadrid  
0
Ajoyib

1 CAPTAIN  
0
Ma'lumotlar uchun rahmat, Suroj

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]