Главная » 2013 » Aprel » 16 » Van Persi yil laureti
14:35
Van Persi yil laureti
Mavsum yakuni bo'yicha
Ser Matt Basbi nomli
mukofoti, yilning eng
yaxshi futbolchisi
nominatsiyasi, bo'ycha
«Old Trafford»dagi
taqdirlash marosimida
Robin van Persi g'olib
deya topildi.

Robin so'rovnomada 41
foiz ovoz to'plagan
bo'lsa, mavsumda
faqatgina Van Persidan
kam maydonga tushgan
Maykl Kerrik 29 foiz ovoz
bilan ikkinchi o'rinni
band etdi, mavsumni
juda ko'tarinki, juda
ajoyib va yuqori holatda
o'tkazgan David de Xea
11,5 foiz ovoz bilan
uchinchi o'rinni band etdi.
Uning hayratomuz
seyvlari bu yil uning
ushbu mukofotda
lauretlar qatorida
uchinchi o'rinni qayd
etishiga ko'mak berdi.

Mavsumda Premyer
Ligada 25 ta gol kiritib,
«Yunayted»ning barcha
rekordlarini zabt etgan
Van Persi,
«Yunayted»ning
mavsumdagi eng ko'p
het-trik qayd etgan
futbolchisiga ham
aylandi. U mavsumda
eng ko'p maydonga
tushgan futbolchi ham
bo'ldi. RvP
chempionatning eng
yaxshi to'purari sifatida
Premyer Ligada
yetakchilik qilmoqda.

Bu ro'yhatda yetakchi
sanalayotgan Rafael,
afsuski lauretlar qatorida
qayd etilmadi. U ham
ushbu nominatsiya
bo'yicha yetakchilardan
edi.
Просмотров: 301 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]