Главная » 2013 » Iyun » 10 » Van Persi: O'z ustimda ishlashda davom etaman
01:48
Van Persi: O'z ustimda ishlashda davom etaman
29 yoshli "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Robin Van Persi o'z yoshiga qaramasdan, o'sishda davom etishga intilishini bildirdi.
Bu mavsumda Robin "Yunayted"ning chempionlik sovrini uchun juda katta hissa qo'shdi - 29 ta gol bunga yaqqol misol.

Golland hujumchisining so'zlariga ko'ra, u o'z ustida ishlashdan to'xtamoqchi emas.

"O'tgan yili ser Aleks Ferguson meni "Arsenal"dan sotib olishini istashini aytganida, men o'yinchi sifatida o'sishda davom etaman deya aytgan edim. Ha balkim men 29 yoshdurman, biroq mashg'ulotlarda va undan tashqarida qilayotgan ishlarim faqat futbolchi sifatida o'sishim uchun".

"Bu o'z ichiga DVD- disklardagi o'z o'yinim videoyokliplarini ham oladi. Men bu ishni "Arsenal"da qilishni boshlagan edim. Klub skautlari raxbari Stiv Rouli barcha uchrashuvlardagi harakatlarim yozilgan DVD disklarni menga taqdim eta boshladi".

"Har dushanba men yangi disklar olar edim va tezroq o'zimning harakatlarimdagi yaxshi va yomon tomonlarimni ko'rishga intilar edim. Men yosh bo'lganimda, bunday imkoniyat menga taqdim etilmagan edi".

"Endi men har bir uchrashuvda harakatlarimni to'g'ri yoki noto'g'ri amalga
oshirayotganimni to'liq anglay olaman. Men bu ishimni "Yunayted"da ham davom ettirmoqdaman. Ba'zida sen uchrashuvni yaxshi o'tkazgandek bo'lasan, biroq chetdan qarasang ancha yaxshiroq harakat qilishing talab qilinganini tushunib yetasan. Bu yo'l orqali o'sishimda kerak bo'lgan kichik detallarni bilib olaman".

"Gap bu yerda o'z gollarimni boshidan ko'rish emas. Bu yerda asosiy maqsad o'z xatolarimni topib, ularni tuzatgan holda yanada mukammalroq o'yin ko'rsatish. Men doimo o'rganishni istayman", - deydi Van Persi.
Просмотров: 484 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 13
13 CAPTAIN  
0
Bugun Özbekiston uchun tarixiy kun bölishiga ishonaman. Xudo xoxlasa albatta yutamiz.
Moderlar, yangi tema tashanglar. Hammani öwa yerga taklif qilinglar, gurunglashamiz

12 dior-evans  
0
E qoil RVP ga mani profilim
ДиёР ХусаноВ

11 CAPTAIN  
0
11 may 1987 yil, Jizzax. Anketaga qarang

10 van_persi_93  
0
8# kirishda qanday rasm bor

9 ManchesterMadrid  
0
Xamma odnoda bor men esa faqat fudbol saytlarida

8 CAPTAIN  
0
Mani odnoda profilim Laziz Xudayberdiyev

7 Suroj09  
0
4 van_persi_93 (Bugun
16:26)
adnoda kimi profili nomi
qanday ?

Maniki Suroj 09

6 CAPTAIN  
0
Англия Супер Кубоги, яъни маҳаллий тил билан «Community Shield» дея аталувчи соврин учун «Манчестер Юнайтед» ва «Уиган» жамоалари ўзаро тўқнаш келишидан хабарингиз бор.
«Манчестер Юнайтед» Англия чемпиони унвонини қўлга киритгани учун, «Уиган» бўлса Англия Кубоги соҳиби бўлгани учун бу анъанавий соврин учун курашишади.
Ҳозиргина мазкур баҳс бўлиб ўтадиган сана Англия футбол ассосацияси томонидан тасдиқланди.
Шу йилнинг 11 – август санасида «Уэмбли» стадионида бу учрашув бўлиб ўтадиган бўлди.

5 Suroj09  
0
Lazizbek aka Runi ketmidi. Oldimizdagi haftada buni rasman elon qladi.

4 van_persi_93  
0
adnoda kimi profili nomi qanday ?

3 CAPTAIN  
0
Baribir ketar ekanda.

2 CAPTAIN  
0
Маълум бўлишича, Англия терма жамоаси ҳужумчиси Уэйн Руни 2та клуб вакиллари билан музокара олиб борган. Бу ҳақда Goal.com сайти хабар тарқатди. Гап шундаки, 27 ёшли футболчи «МЮ»ни тарк этишга тайёр. Айни пайт ушбу ҳужумчига «Челси», «Реал», «ПСЖ», «Монако» ва «Арсенал» жамоалари қизиқишмоқда. Хабар берилишича, Рунининг «қизил иблислар» сафини тарк этмоқчилигига етарли сабаблар
бор. Биринчи ўринда жамоани Дэвид Мойес қабул қилиб олганидир.
Маълумки, «Эвертон»да уларнинг муносабатлари бузилган. Айни пайт Transfermarkt сайти Рунининг трансферини 65 миллион фунт стерлингга баҳоламоқда.

1 ManchesterMadrid  
0
Qoyil faqat oldinga

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]