Главная » 2013 » Iyun » 3 » Van Nistelroy Runiga maslahat bermoqda
00:18
Van Nistelroy Runiga maslahat bermoqda
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Rud Van Nistelroy agar Ueyn Runi mankunianliklar bilan o'ynashga 100% tayyor bo'lmasa, klubdan ketigani ma'qul deb hisoblamoqda. Mavsum yakunlanishidan avval 27 yoshli Runi o'zini
transferga qo'yishlarini so'ragandi. 2006-yilda “Yunayted”dan “Real”ga ko'chib o'tgan Van Nistelroy Ueyn eng avvalo o'zidagi muammolarni hal etishi kerakligini ta'kidlamoqda.

“Bu uning o'zini qanday his etayotgani bilan bog'liq jarayon. Agar u o'zini klubga sadoqatli deb hisoblasa, qolish uchun asos bor. Agar aksincha bo'lsa uning klubdagi kelajagi katta so'roq ostida qoladi, lekin baribir hammasini uning o'zi hal etadi”.

“O'ylashicha muxlislar u qolsa faqat quvonishadi, lekn bu ham uning jamoaga qanchalik sadoqatli ekaniga bog'liq. Agar bori klubga bag'ishlasa yaxshi, ammo aksi bo'lsa ketgani yaxshi”, - deya Van Nistelroy so'zlarini keltiradi The Sun.
Просмотров: 431 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 VANPERSI  
0
M.U yovetich bilan muzokara boshlabti

2 CAPTAIN  
0
Runi tezroq hal qil

1 Nani  
0
Qoliwi wart

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]