Главная » 2013 » Mart » 27 » Valensiya: Ular haqiqiy professionallar
22:55
Valensiya: Ular haqiqiy professionallar
Antonio Valensiya
braziliyalik
jamoadoshi Rafaelning bu
mavsumdagi o‘sishini
«ishonib bo‘lmas» deya baholadi va kelajakda
Rafael Jahonning eng
yaxshi himoyachilaridan
biri bo‘lishiga ishonishini bildirdi.
Rafael bu mavsumda
jamoamizning eng
xatosiz va bir maromda
o‘yin ko‘rsatayotgan
o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi, tom ma’noda uning sayi-harakatlari bilan «Yunayted»
chempionatda 15
ochkolik farq bilan
oldinda bormoqda.
Braziliyalik futbolchi bu mavsum yanada
muxlisbop o‘yin
ko‘rsatmoqda,
Valensiya bo‘lsa uning o‘yinidagi o‘sishni payqadi.
«Uning bunday o‘sishiga ishonish qiyin», - deydi
Antonio.
«Men uni o‘yindan-o‘yinga o‘sishini
kuzatib bormoqdaman».
«Agarda u shu ketishda davom etsa, u Jahonning eng kuchli o‘ng qanot
himoyachilaridan biri
bo‘ladi».

Valensiya barchamizga ma’lum-ki uncha yaxshi mavsum o‘tkazmayapti,
sababi yarim
himoyachimizni
jarohatlar qiynab qo‘ydi.
Biroq u mavsum
so‘nggida muhim
o‘yinlarda g‘alabalar
keltirish umidida.

Antonio doimo navqiron Rayan Giggz haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men mavsum so‘nggida muhim rollardan birini
o‘ynashni istayman. Umid qilamanki, imkoni boricha ko‘proq uchrashuvda harakat qilaman».

«Men Giggz va Nanilarni ko‘rib shunchaki qoyil
qolaman. Ular - haqiqiy
professionallar. Bu
futbolchilar doimo
mexnat qilishadi, shu
orqali yuqori natijalarga erishishadi. Rayanning g‘olib bo‘lish istagiga hech
narsa tenglasha
olmaydi».
Просмотров: 386 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 jasper  
0
tan oliwam mardlik

5 CAPTAIN  
0
Valensiya köp gapirma. Man uchun Uelbek yoniga turishga yaqinsan

4 van_persi_93  
0
valensyani 6ynini topib olishiga ishonamiz

3 Suroj09  
0
Rafaelni aybi blan bu mavsumda deyarli go'l bo'madi. Ko'pchilik go'llar Markazdan urilyapdi.

2 ManchesterMadrid  
0
Super gaplar qoyil Valensiya

1 Ashley-Young7707  
0
xa rafaga gap yuq.faqat qarwi hujumda
unga 3 baxo sababi u juda sekin ortga
qaytadi.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]