Yakshanaba, 29.09.2024, 03:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS | Регистрация | Вход
09:04 "Singx Yulduzlari" - "Manchester Yunayted". PREVIEW!!! | |
"SINGX YULDUZLARI" - "MANCHESTER YUNAYTED" Stadion: "Radjamangala", Bankok, Tailand. Mavsum oldi turne, o'rtoqlik ucharashuvi. Shanba, 13-iyul, 2013. Boshlanish vaqti: BST 14:00. (18:00 TVB) "SINGX YULDUZLARI" "Qizil iblislar"ning turnedagi ilk raqibi bo'lmish - "Singx yulduzlari" Tailand Premier ligasi yulduzlaridan tashkil topgan. Mart oyidan oktyabr oyigacha davom etadigan Tailand Premier ligasi o'z ichiga 18 ta klubni oladi va 34 ta o'yin o'tkaziladi. Chempionat 1996-yilda tashkil topgan. Mezbonlar jamoasini Tailand terma jamoasi direktori Vichit rasman boshqaradi. Sobiq Tailand terma jamoasi futbolchisi milliy terma jamoa safida 103 ta o'yin o'tkazgan. Bu uchrashuvga chiqarilgan chiptalar Bankokda allaqachon sotilib bo'lgan. "Manchester Yunayted" "Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Devid Moyes va uning murabbiylar shtabi chorshanba kuni 19 nafar futbolchi bilan Tailandga yo'l olgandi. Turneni ma'lum sabablarga ko'ra ayrim futbolchilar o'tkazib yuborishmoqda. Vidich, Yang, Smolling va Nani jarohatini davolash bilan band. Xavier Ernandez esa Manchester bazasida alohida mashg'ulot o'tkazadi. De Xea va Van Persi turnedagi dastlabki o'yinni o'tkazib yuborishadi, ammo ikkinchi Sidneyda bo'ladigan bahsda ular ishtirok etishadi. Shuningdek, Vilfrid Zaxa ham jamoa bilan Osiyo bo'ylab turneda qatnashadi. Jamoaning Yaponiyada davom etadigan turne bahslarida Shinji Kagava tarkibga qo'shiladi. Manchester United (from): Anders Lindegaard, Ben Amos, Rafael, Phil Jones, Rio Ferdinand, Jonny Evans, Patrice Evra, Alex Büttner, Fabio, Michael Keane, Michael Carrick, Anderson, Tom Cleverley, Ryan Giggs, Wilfried Zaha, Jesse Lingard, Adnan Januzaj, Danny Welbeck. | |
|
Всего комментариев: 9 | ||||||||
| ||||||||