Главная » 2013 » Oktabr » 2 » "Shaxtyor" - "Manchester Yunayted" Preview!
11:45
"Shaxtyor" - "Manchester Yunayted" Preview!
«Shaxtyor» - «Manchester Yunayted»

Stadion "Donbass Arena", Donesk.
Turnir: Chempionlar Ligasi, 2 Tur.
Chorshanba, 02 oktyabr 2013 yil
Boshlanish vaqti: 23:45 (Toshkent)
Bosh xakam: Pavel Krasloves (Chexiya)

JAMOALAR TARKIBLARI HAQIDA

"Shaxtyor"

"A" kvartetidagi "Shaxtyor" - "Manchester Yunayted" klublari o'rtasidagi ilk uchrashuvi "Donbass Arena"da bo'lib o'tadi.

Jarohat olganlar:

So'roq ostida:

Chetlatish: Yo'q.

"Manchester Yunayted"

Har ikkala klub ham turnir startida uch ochkodan jamg'arishgan. "Shaxtyor" safarda "Real Sosedad" mexmoni bo'lib 2:0 xisobida g'alaba qozongan bo'lsa, "MYu" uyda "Bayer" klubini 4:2 xisobiga yengdi.

Jarohat olganlar:

So'roq ostida:

Chetlatish: Yo'q.

• O'tgan yilgi Chempionlar ligasining guruh baxslarida "Shaxtyor" Angliya sharafini ximoya qiluvchi boshqa bir jamoa "Chelsi" bilan bir guruhdan o'rin olishgan. O'shanda Mircha Luchesku boshchiligidagi "Shaxtyor" o'z uyida Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi xisoblangan "Chelsi"ni Aleks Teysheyri va Fernandinyo kabi futbolchilarning goli evaziga 2:1 xisobida g'alaba qozongan edi. Londondagi uchrashuvda esa qo'shib berilgan daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli "Shaxtyor" mag'lubiyatga uchragan edi 3:2.

• "Shaxtyor" Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi uy uchrashuvlarining oxirgi uchtasida g'alaba qozongan. Birinchi bor ukrainlar 2000/01 yilgi mavsumning guruh baxslarida uyda "Arsenal" ustidan 3:0 xisobida g'alaba qozonishgan. 2010/11 mavsumda yana "Arsenal" ustidan 2:1 xisobida g'alaba qozongan. "Shaxtyor" Angliya klublariga qarshi uyda jami besh bora maydonga tushib, to'rt g'alaba va bir bora durangga erishgan.

• Ukraina klublaridan "Yunayted"ga qarshi faqatgina Kievning "Dinamo" klubi o'ynagan. Bu uchrashuvning so'nggisi Chempionlar ligasining 2007/08 mavsumining guruh baxsida bo'lib, unda "Qizil iblislar" Kievda 4:2 xisobiga g'alaba qozongan. Manchesterda esa 4:0 xisobida "mankunian" g'alabani tantana qilishgan. O'shanda Rio Ferdinand faqatgina Ukraina poytaxtida bo'lib o'tgan uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, Ueyn Runi har ikki belashuvda ham maydonga tushirilgan.

• Rayan Giggs ukrainlarga qarshi "Yunayted"ning birinchi safardagi uchrashuvida maydonga tushirilgan. "Dinamo"ga qarshi Chempionlar ligasidagi birinchi o'yin 2000/01 yilgi mavsumning guruh bosqichida qayd etilgan bo'lib unda jamoalar Kievda durang natija qayd etishgan.

• O'tgan mavsumdagi Chempionlar ligasining guruh baxslarida "Shaxtyor" uyda o'tkazgan birinchi ikki o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, uyda "Yuventus" 0:1 xisobida mag'lubiyatga uchrashgan va Dortmundning "Borussiya" klubi bilan 1/8 finalda 2:2 xisobida durang o'ynashgan. "Yunayted" ham safarda ilk ikki uchrashuvida g'alaba bilan boshlagan. Shundan so'ng 1/8 final bosqichida "Real" bilan safarda 1:1 natijani qayd etgan.

JAMOALARNING BOG'LIG'LIK TOMONLARI

• Luchesku Buxaresning "Dinamo" klubi safida UEFA klublar o'rtasidagi, 1968/69 mavsumdagi Kubok egalari kubogining, ikkinchi bosqichida "Vest Bromvich"ga qarshi uyda o'tkazilgan uchashuvda (1:1) debyut uchrashuvini o'tkazgan. Ikki yil o'tgach u Ruminya terma jamoasi safida 1970-yilda o'tkazilgan "Jahon chempionati"ning guruh baxsida angliyaliklarga qarshi maydonga tushib, jamoasining kichik xisobda g'alabasiga o'z xissasini qo'shgan. Keyinchalik Luchesku Ruminya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham Angliyaliklarga qarshi JCH-1986 yilgi saralash baxslarida ikki bor durang natija qayd etishgan, yakunda ular Meksikada bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmani qolga kiritisha olmagan.

• Luchesku Italyaning "inter" klubi murabbiyi sifatida ham "MYu"ga qarshi 1998/99 yilgi mavsumda chorak finalda to'qnash kelgan. O'shanda Giggs har ikkala uchrashuvda ham maydonga tushirilgan edi. Uchrashuvlarda Angliyada 2:0 va Italiyada 1:1 xisobi qayd etilib "MYu" yarim finalga yo'l olgan. Hozirda "Qizil iblislar" murabbiylar shtabida ishlayotgan Fil Nevill "San Siro"da bo'lib o'tgan baxsda "MYu" sharafini ximoya qilgan edi. Oxir oqibat mana shu mavsumda "Yunayted" Chempionlar ligasi g'olibiga aylanishgan edi.

• Luchesku boshchiligidagi Turkiyaning "Beshiktosh" klubi esa 2003-yilning 2-oktyabr kuni Angliyada "Chelsi"ni 2:0 xisobida mag'lubiyatga uchratgn. Lekin yakunda ular ham o'z uylarida "Chesli"ga shu xisobda imkoniyatni boy bergan holda guruh baxslarida uchinchi o'rin bilan yakunlagan.

• Devid Moyes "Everton" boshchiligida Xarkovning "Metallist" klubiga qarshi 2007/08 mavsumda UEFA Kubogining birinchi raundida o'zaro to'qnashib, bunda angliyaliklar g'alaba qozongan 3:2. O'shanda kki o'yin natijasiga ko'ra "Everton" keyingi bosqichga yo'l olgan edi 4:3.

• Euro-2012 doirasida Angliya tarkibida Ukrainaga qarshi uchrashuvda Runi o'yin taqdirini hal qilgan yagona golni, Andrey Pyatov darvozasiga yo'lab britaniyaliklarga chorak final eshiklarini ochgan edi. Shuningdek o'sha 2012-yilning 19-iyun kuni bo'lgan uchrashuvda Eshli Yang, Denni Uelbek va Yaroslav Rakiskiylar ham maydonga tushishgan edi.

• 10-sentyabr kuni esa Pyatov Angliyaga qarshi JCH-2014 doirasidagi uchrashuvda darvozasini daxlsizligini saqlab qola oldi 0:0. O'sha uchrashuvda mezbonlar takibidan Taras Stepanenko va Vyacheslav Shevchuklar to'p surgan bo'lsa, mexmonlar tarkibidan Eshli Yang va Tom Kleverlilar maydonga tushirilgan.

JAMOALAR HOLATI

"Shaxtyor"

Bu klub qatorasiga to'rtinchi bor Chempionlar ligasining guruh baxslarida ishtirok etishmoqda, bu klubning rekordi xisoblanadi.

"Shaxtyor" barcha turnirlardagi 27 uchrshuvidan buyon har bir uchrashuvda o'rtacha 1 ta gol urib kelmoqda.

Ukraina chempionatida "Shaxtyor", "Donbass Arena"da 28 uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramay kelishmoqda, shularning 25 tasida g'alaba qozonishgan.

"Shaxtyor" Ukraina chempionatidagi o'zining uch uchrashuvdan iborat g'alabasiz seriasiga 21-sentyabr kuni nuqta qo'ygan holda, "Vorskla" klubini 3:0 xisobida yengdi.25-sentyabr kuni Ukraina kubogi doirasida ham "Ilecheves" klubini 3:0 xisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ruminiyalik murabbiy Mirchu Luchesku "Shaxtyor"ni eng uzoq vaqt boshqargan murabbiylar ichida rekord qayd etdi. U Oleg Oshenkovnining 3 416 kunlik (1960/69) rekordini yangilashga muvofaq bo'ldi.

"Manchester Yunayted"

"Qizil iblislar" mana qatorasiga 19 mavsumdan buyon ushbu turnirning guruh baxslarida ishtirok etib kelishmoqda. "Barselona", "Real" va "Portu" klublari esa qatorasiga 18-bora ushbu turnirning guruh baxslarida ishtirok etishmoqda. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Yunayted" barchani ortda qoldirgan holda rekordchi hisoblanadi.

"Manchester Yunayted" UEFA turnirlarida 296 bora gol o'tkazib yuborgan.

Hozirda Ueyn Runi xisobida 202 ta gol mavjud va u "Manchester Yunayted" tarixidagi to'purarlar orasida 4-o'rinda bormoqda. Bu ro'yhatni Ser Bobbi Charlton boshqarib boradi uning xisobida 249 ta gol mavjud. Ikkinchi o'rin Denis Louga tegishli 237 ta va uchinchi o'rinda Jek Rouli 211 ta.

Robin van Persi Chempionlar ligasida jamoa ketma-ket 10 mavsumdan buyon gol urmoqda. Agar uning jamoasi bu turnirda qatnashgan bo'lsa.

Gollandiyalik forvard "Manchester yunayted"ning barcha turnirlardagi so'nggi 14 uchrashuvida 13 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

Portugaliyalik yarim ximoyachi Nani "Real"ga qarshi o'tgan mavsumda olgan qizil kartochka tufayli bir uchrashuvni o'tkazib yubordi. Endi u "Donbass Arena"da sheriklariga yordam berishi mumkin.

"Yunayted" so'nngi uchrashuvlarda, "Sity"dan 4:1 xisobida mag'lubiyatga uchradi. So'ngra Angliya liga kubogida Chicharitoning yagona goli evaziga "Liverpul"ni turnirdan chiqarib yubordi 1:0. Oxirgi uchrashuvida esa o'z uyida "Vest Bromvich"ga 1:2 xisobida mag'lubiyatga uchradi.

Jamoalarning o'z mamlakatlaridagi so'nggi uchrashuvlari:

"Shaxtyor"

28.09.2013. "Metallurg Donesk" - "Shaxtyor Donesk" 2:2 (Lazich 24, Moraes 52, - Teshera 54, Eduardo 82.)[/b]

"Shaxtyor": Pyatоv, Srna (k), Rakiцkiy, Krivцоv, Shеvchuk, Хyubshman, Fеrnandо (Ilsinо, 46), Taysоn (Bеrnard, 63), Kоsta, Tеyshеyra, Fеrrеyra (Eduardо, 46)

Chempionatda egalab turgan o'rni: 3-o'rin, 23 ochko

"Manchester Yunayted"

28.09.2013. "Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" 1:2 (Runi 57, – Amalfitanо 54, Bеraхinо 67.)

"Manchester Yunayted": Dе Хеa, Djоns, Riо Fеrdinand, Dj. Evans, Byuttnеr, Kerrik, Andеrsоn (Fеllayni, 67), Nani, Runi, Kagava (Yanuzay, 46), Х. Ernandеs (van Pеrsi, 58).

Chempionatda egalab turgan o'rni: 12-o'rin, 7 ochko.
Просмотров: 584 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 10
10 van_persi_93  
0
fellaini joyi runi va rvp orqasida 6ynash shunda u yanada yaxshiroq 6ynay oladi

9 Ashley-Young7707  
0
afsuski nechya yomon uynayapti deya olmayman yana himoya hatto moyes
himoyadan qurqandan persi va welbekka himoyaga qaytib uynawni tayinlabdi!
lekin van persiga bitta tuzukroq pas qiladigan uyinchi topilmadi !
bizda yowi katta uyinchilar kupligi un
ikkinchi taymda bollar charchab qolyapti!
mana muammo nimada !
ularda yow yoki urta yowlik brazilyaliklar
ga biznikilar yetiwi qiyin buldi!
klubni nisbatan yowartiriw kere
va himoyani kuchaytiriw kere

8 Ashley-Young7707  
0
uzizikichi?

7 Ashley-Young7707  
0
6#sardor

6 Azick_ManUtd  
0
yashang Ashley young! oka özizi ismiz nima????

5 Ashley-Young7707  
0
fellaynini mudagi birinchi golli pasi!

4 Ashley-Young7707  
0
felainini pasi ajoyib gol!
mu yaxwi uynayapti ruhiyat ham
kombinatsiyalar tup bn muomala ham
yaxwi moyesni harakatlari sezilyapti!

3 Ashley-Young7707  
0
gol welbek

2 Azick_ManUtd  
0
Состав «Юнайтед»: De Gea - Rafael, Smalling,
Vidic, Evra - Valencia, Carrick, Cleverley, Fellaini,
Welbeck - van Persie.
Запасные: Lindegaard, Jones, Giggs, Nani,
Young, Kagawa, Hernandez.
Уэйн Руни почувствовал себя плохо перед
матчем, и было принято решение не
включать его в состав.

1 Azick_ManUtd  
0
xudo xoxlasa yutamiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]