Главная » 2013 » Aprel » 16 » Runi Angliya terma jamoasiga sardor bo'lish ilinjida
15:49
Runi Angliya terma jamoasiga sardor bo'lish ilinjida
Angliya terma jamoasi bosh
murabbiyi Roy Xodson jamoasining
yaqin o'yinlarida sardorlik bog'ichini
Ueyn Runiga bermoqchi.


Angliya terma jamoasi va "Liverpul"
jamoasi sardori Stiven Gerrard yaqin
kunlarda jarrohlik sto'liga yotishi aniq
bo'lib turibti. Bunday holda esa u
Angliya terma jamoasining 29-may va
2-iyun kunlari o'tkaziladigan o'yinlarida
ishtirok eta olmaydi. Roy Xodson esa
hali tarkibni elon qilmay turib sardorni
tanlab qo'yganini bildirdi:

"U (Runi) bizning o'z maydonimizda San
Marinoga qarshi o'yinimizda sardor
bo'lib tushgan edi. O'ylashimcha bu
vazifa uning o'ziga ham boshqa
o'yinchilarga ham yoqdi. Men yana
uning sardorligi ortidan jamoam
maydonga tushishini hohlayman"-deb
Roy Xodson so'zlaridan iqtibos keltirdi
Sky Sports.

Roy Xodson yana Irlandiyaga qarshi
o'yinda esa "Chelsea" klubi himoyachisi
Eshli Koulga sardorlikni ishonib
topshirmoqchi, bu uning termadagi 100
chi o'yini bo'lgani uchun degan xabarlar
ham mavjud.
Просмотров: 225 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]