"Manchester Yunayted" ushbu yozda o'tgan mavsumdagi muvofaqqiyatsizliklarni takrorlamaslik uchun transfer bozorida faol bo'lib turibdi. Klub transfer bozori muddatining yarmiga yetmasdanoq Shinji Kagava va Nik Pauellarni sotib oldi. Bu ikki futbolchi ham markaziy yarim himoyani kuchaytirish maqsadida xarid qilinganidan xabaringiz bor albatta. Ammo hozirgi mavzuimiz bu futbolchilar haqida emas. Hozirda internet nashrlarida "Manchester Yunayted" "Arsenal" hujumchisi Robin van Persini sotib olmoqchiligi, bu futbolchi ham "qizil iblis"ga aylanishga tayyorligi haqida turli ishonchli xabarlar tarqalmoqda. Bu yangiliklar hech bir muxlisni, ayniqsa "Yunayted" fanatlarini befarq qoldirmaydi. Xo'sh, Van Persi nima uchun "Arsenal"ni tark etyapti? 1. Bunga asosiy sabablardan biri qilib, bu futbolchining "to'pchilar" safida sovrin yuta olmayotganini misol keltirish mumkin. Eslab ko'ring, Sesk Fabregas aynan shu sabab bilan "kononirlar"ni tark etgandi va xuddi suvga chanqoq odamdek, "Barselona" safida qo'sha-qo'sha sovrinlarni yuta boshladi. 2. "Arsenal" ushbu yozda transfer bozori ochilgan hamonoq ikkita iqtidorli va dunyo darajasidagi hujumchilarni sotib oldi. Fransiya chempionatida o'tgan mavsumda super o'yin ko'rsatgan Jiru va Germaniya terma jamoasida uzoq yillardan beri tajriba to'plab kelayotgan Padolskilar Venger tomonidan xarid qilindi. Bu albatta Van Persini qaysidir jihatdan tushkunlikka soldi. Axir u xam hujumchi. Bugun tarqalgan xabarlar shuni ko'rsatyaptiki, Van Persi "M.Yu" o'tishni xoxlayotgan ekan. Bu bir mish-mishdir, ammo bu variantni ham tahlil qilishimiz kerak. Xo'sh, nega u "Yunayted"ga o'tmoqchi? 1. RVPga Angliyaning "Manchester City" klubi ham qiziqmoqda. Bu klub o'tgan mavsumda Angliya chempioni bo'ldi. To'g'ri "City"da pul ko'p, ammo sovrin va tajriba kam. Van Persining "shaharlik" bo'lmasligiga asosiy va tabiiy sabab shu bo'lishi mumkin. Qolaversa, bu klub hujumida ajoyib forvardlar to'p suradi, Van Persi esa ularni soyasida qolib ketishi hech gap emas. 2. "Yuventus". Van Persi hozirda ayni o'ynaydigan yoshda. Bu futbolchi dunyoning birinchi raqamli chempionatida to'p surishni xoxlaydi. Balki yoshi o'tib Italiyaga ham yo'l olar. 3. Robin uchun eng yaxshi variant menimcha -"Manchester Yunayted". Buni o'zi ham anglab yetgan ko'rinadi. Bizning klubda Runidek super hujumchi bor. Unga tandem sifatida esa har yil har xil hujumchi o'ynamoqda. Hee, o'tgan mavsumda Chicha Runi juftligi Chempionlar ligasi finaligacha borgan edi, o'tgan mavsumda esa garchand sovrinlar qo'lga kiritilmagan bo'lsada, Runi Uelbek bilan ajoyib harakatlandi. Bu hujum tandemlarida so'nggi yillarda Runi asosiy dirijyor unga esa Ernandez, Uelbek, Berbatov, Makeda, Ouen kabi futbolchilar hamrohlik qilishdi. Men bu bilan bu futbolchilar yaxshi o'ynay olmaydi demoqchi emasman, ammo uch yil to'rt yil o'ynab beradigan Van Persi bizning klubga kerak deb o'ylayman. Sizlar qanday fikrdasizlar?
RVP kelsa faqat yaxwi tomonga buni yomon tarafi yuq dib uyleyman bizda unda tup yetgazib beradigan uyincilar juda kucli va u undan unimli foydalana oladigan xujunci tugri bizda yana bor wunga uxwagan xujimci lekin man RVP ulardan sal bulsayam usdin dib uyleyman
#14 men uni tan olaman super hujumchi bu shubxasiz kelsa hursand bulaman lekin chicharito welback men undan ustunro men u.n. i kein Myuga o'tadi desa u super u bizga to'ri keladi deysizlar agar boshqa klubga otib ketsa u ko't bizga tori kemasdi deysizlar misol u.n Azar Myuga otadi deganda uni rosa maqtadilaring chelseaga otdi undan kagawa zor [kagawa zor lekin azar chelsiga otmas bu gaplarni xich aytmagandi] u bumaydi u bizga tori kemidi db aytdilaring shunchun o'tmasi to'ri keladi demelar iltimos bu tanqid emas xaqiqat
#12 tog'rikuya lekin hujumimizda Persisiz xam raqobat kuchli [Bebe,Chicha,Macheda,Welback ]va xokazo Persi boshqa hujumchilarimizni o'yin amaliyotidan ayiradi u uzog'i b.n 3 sezon kuchli oynasa kere [kafolatsiz]
Persida tezlik nisbatan kam uning eng ustun tomoni u joyni to'g'ri tanlay oladi va xar qanday xolatda va xar qanday joydan xam aniq zarba beradi aynan bizda shunday muamolar bor yani hujumda aniq zarba faqat Rooneyda bor Valensiya va Nani [Young,Kagawa] qanotdan uzatadigan to'plarni gol b.n yakunlashi mumkin RVP.masalani lekini bor yani:Rooney 2 mavsumdan beri toza hujumchi b.b o'ynamayapti Kagawani kelishi Rooneyni oldinga suradi bu aniq. tabiiyki Rooney Persidan ustunroq Rooneyga Chicha yoki Welback xam tandem buloladi bu vaziyatda RVP ortiqchalik qladi i kein RVP ni o'tgan yilgidek sermaxsul o'yin namoyish etadi db xich kim kafolat beromidi.shundekan men u.n bu transfer 50%-50% men Chicha ni zaxirada qolishini xoxlamiman uni eslab koring qancha vaziyatlardan Myuni olib chiqdi u o'smoqda, Persini esa bori shu bu waxsiy fikrim albatda nima deyszlar
togri van persi bizga kelsa nur ustiga alo nur bolar edi...... rooney va v.persi tandemiga yevropadagi eng kuchli Milan ximoyasi xam bardosh bera olmaydi......