Главная » 2013 » Mart » 5 » "Yunayted" - "Real" - Ferguson matbuot-anjumanida
14:09
"Yunayted" - "Real" - Ferguson matbuot-anjumanida
Ser Aleks "Real"ga qarshi o'yin oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etar ekan, Fil Jonsning jarohati to'liq sog'aymaganini va u maydonga tusha olmasligini aytib o'tdi.

"Fil jarohatdan to'la qaytmadi. U oldingi o'yinda juda yaxshi harakatlangan edi, biroq jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. Ammo uning o'rnida harakat qila oladigan zahirada futbolchilar yetarli."

"Giggs maydonga dastlabki daqiqalardan maydonga tushadimi yoki zahira o'rindig'ida o'yinni boshlaydimi, buni o'sha daqiqalarda hal etamiz, ammo u jamoamiz uchun juda kerak."

Boss uchala markaziy himoyachilardan juda ham mamnun ekanligini va ular maydonga tushishga tayyor ekanliklarini takidlab o'tdi.

"Bizning barcha yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda, tarkib tanlash men uchun yoqimli bosh og'rig'ini vujudga keltirmoqda. Ertangi o'yinda maydonga tushishga barchasi haqli. Rafael o'tgan o'yinda juda yaxshi o'ynadi. Markaziy himoyada uchala futbolchi ham maydonga tushish uchun tayyorlar."

Ser shuningdek jamoa mashg'ulotlariga ham to'xtalib o'tdi.

"O'yin barchada qiziqish tug'dirishi aniq, chunki bu o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'lib keladi. Ertalabdan ko'plab fotomuhbirlar bizning mashg'ulot bazamizga kelishdi, buni biz iliq kutib oldik."

Ferguson bu o'yinda qanday harakat qilish haqida ham aytib o'tdi. Jurnalistlar tomonidan berilgan shu haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

"Raqibga yetarli taktitka tuza olamiz. Bu raqibimiz yaxshigina qarshi hujumga ega, buni inkor etib bo'lmaydi."

"Biz, men va boshqa murabbiylar futbolchilarning jismoniy holati qandayligini juda yaxshi bilamiz. Futbolchilarni qayerda maydonga tushirishni vaqt ko'rsatadi. Bu o'yinda o'z o'yinimizni ko'rsatish, kerakli natijaga erishishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak."
Просмотров: 413 | Добавил: ManchesterUnited | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 10
10 dior-evans  
0
Keyingi bosqi4ga 4iqsek boldi s4oyi farqi yo

9 ManchesterUnited  
0
*5, o'ziz qales, keldik.

8 1987_29  
0
Xudo xolasa yutamiz

7 ManchesterMadrid  
0
Dono fikrlar

6 Ashley-Young7707  
0
fil jons tuwa olmagani chatoq bulibdi.

5 Ashley-Young7707  
0
MancherterUnetid qaleysiz yaxwimiz ?
kurinmay ketdiz.

4 w_rooney98  
0
nima b6lgandaham g'alaba qozonsak b6lgani

3 Dinamo  
0
Bliiiin Giggs nima keraegi bor qovun tuwurub qöymasa bölgani. Nasib bölsa yutamiz

2 Suroj09  
0
G'alaba qozoniwimiz wart va zarur.

1 manutd_96  
0
nima b6lsa ham g'alaba qozoniwimiz k.k

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]