Главная » 2013 » Yanvar » 14 » "Stok" blan o'yin oldidan Ferguson fikrlari.
01:42
"Stok" blan o'yin oldidan Ferguson fikrlari.
«Yunayted» murabbiyi
Ser Aleks Ferguson
«Stok Siti»ga qarshi
o'yin oldidan matbuot - anjumanida ishtirok
etdi.

Ferguson jamoasi haqida
gapirar ekan, u
shogirdlarining barchasi
sog'lom va maydonga
tushishga tayyor
ekanliklarini aytib o'tdi.

«Men Nemanya Vidichni
mashg'ulotlarni boshlab
yuborganini aytib
o'tishim mumkin. Menda
Jonni Evans haqida ham
yangilik bor, u bu haftada
umumiy guruhda
mashg'ulotlarni boshlab
yubordi. «Siti» bilan
o'yinda Eshli Yang
to'pig'idan jarohat oldi va
u ikki haftani maydon
tashqarisida o'tkazishi
kerak. Qolgan barcha
futbolchilar yaxshi
holatda va ular
yakshanba kuni
maydonga tushishga
tayyorlar,» - deya
manutd.comga Ferguson.

«Kris Smolling bu
haftadan jamoa safiga
qo'shildi. Pol Skoulz
dushanba kuni
mashg'ulotlarni
boshlagan, biroq o'tgan
hafta induvidual
dasturlarda
qatnashayotgan edi.»

Shotlandiyalik mutahasis
«Stok»ga qarshi o'yindagi
g'alaba jamoaning
g'alabali onlari qaytishi uchun muhim
ekanligini aytib o'tdi.

«Biz o'z ishimizni
qilishimiz kerak. Qolgan
yetti turda maksimal
darajada
muvaffaqqiyatga
erishishimiz zarur. Biz
turnir jadvaliga
qaramasdan shunchaki
o'z ishimizni bajaramiz.»

Ferguson raqib haqida
to'xtalib o'tar ekan, bu
mavsumda ular APLni
tark etmaydi deb aytib o'tdi.

«Men bu mavsum
yakunida «Stokni»
chempionatni tark etadi
deb o'ylamayman. Ular kerakli ochkoni yig'a oladilar va Premyer Liga
ro'yhatida o'zlarini saqlab qoladilar.»

«Siz derbida mag'lub
bo'lsangiz, doimo
qayg'uga tushasiz. «Siti» birinchi taymda to'pni nazorat qildi, ikkinchisida esa biz. Ammo ikkita to'p
o'tkazib
yubormasligimiz
kerak edi. Ikkala
jamoa ham hujumkor o'ynashdi, to'p goh bu jarima maydonida bo'lsa, keyin
boshqasiga ko'chdi. Bu bizning
ishtirokimizdagi
fantastik derbi bo'ldi.»
Просмотров: 262 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]