Главная » 2013 » Fevral » 23 » "Kuinz Park Reynjers" - "Manchester Yunayted". Preview!
05:29
"Kuinz Park Reynjers" - "Manchester Yunayted". Preview!
«KUINZ PARK REYNJERS» - «MANCHESTER YUNAYTED»

«Loftus Roud» stadioni, London.
Premer Liga, 27-tur.
Shanba, 23 fevral, 2013 yil
O‘yin boshlanish vaqti: 15:00 LVB (20:00 TVB).

Tarkiblar bilan bog‘liq holat

«KPR»


Xarri Rednappjamoa hujumchisi Luik Remi oyoqlaridan olgan jarohatidan qutilib, safga qaytishiga umid bog‘lagan. KPR tarkibiga Devid Xoylett tizzasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilib qaytdi.
Diskvalifikatsiyalar: Yo‘q.
Jarohatlar: Bosingva, A. Jonson, Fabio.
So‘roq ostida: Remi

QPR (from): Cesar, Green, Murphy, Onuoha, Hill, Ben Haim, Samba, Mbia, Traore, Granero, Diakite, Hoilett, Park Ji Sun, Derry, Taarabt, Jenas, Townsend, Wright-Phillips, Mackie, Remy, Bothroyd, Zamora.

«Manchester Yunayted»

Ser Aleks Fergyuson «KPR» bilan o‘yinda jamoa himoyachisi Fil Jonsning va hujumchi Ueyn Runining ishtirokini rad etdi. Runi burun shilliq qavati bilan bog‘liq muammolarni hali to‘liq hal etmagan. Jamoa qariyasi Pol Skoulz ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi, u tizzasidagi jarohatni tuzatish bilan band.
Diskvalifikatsiyalar: Yo‘q.
Jarohatlar: Skoulz, Runi, Jons.
Maydonga tusha olmaydi: Fletcher.

Manchester United (from): De Gea, Lindegard, Amos, Rafael, Smalling, Ferdinand, Vidic, Evans, Evra, Buttner, Nani, Valencia, Carrik, Cleverley, Giggs, Anderson, Young, Kagawa, Welbeck, Hernandez, Van Persie.

JAMOALAR FORMALARI

«KPR»


20-o‘rin, 17 ochko.
So‘nggi 6-ta u y uchrashuvlarida KPRliklar 4 marta durang qayd etishdi va 3 ta to‘p kiritgan holda, 8 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Faqat 11 ta jamoa 26 turdan so‘ng 19 ta goldan kamroq raqiblar darvozasini nionga olishgan, «KPR» ham shular jumlasidan.

«Manchester Yunayted»

1-o‘rin, 65 ochko.
Fergyuson jamoasi mavsumgi bu musobaqda 9 bora hisobda ortda qolib, irodali g‘alabaga erishgan. Ular Premer Liga doirasidagi so‘nggi 14 uchrashuvdan 12 tasida g‘alaba qozongan, 42 ta qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan ochkodan 38 tasi olgan. Premer Liga yetakchilari so‘nggi 14 uchrashuvni golsiz tark etishmayapti. 26 turdan so‘ng 65 ochko yig‘di, bu klub uchun Premer Liga mazkur bosqichida eng ko‘p yig‘ilgn ochko sanaladi. APL tarixida faqat bitta klub 26 ta o‘yindan so‘ng ko‘proq ochko yig‘gan – «Chelsi» 2005-06 mavsumda (66 ochko). Bu mavsum safarda «qizil iblislar» ikki uchrashuvda gol ura olishmagan «Everton» va
«Norvich»ga qarshi o‘yinda. «Manchester Yunayted» Premer Ligadagi har qanday jamoadan safarda ko‘proq gol ura olgan –28 ta gol, 13 ta o‘yinda. To‘g‘ri ser jamoasi 31 ta gol o‘tkazib yuborishga ulgurgan. Bundan ham ko‘proq gollarni (45 ta) Fergyuson jamoasi 1999-2000 yilgi chempionlik mavsumida o‘tkazib yuborgan. «Qizil iblislar» 62 ta golni 26 ta APL turida kiritishdi. bu «Chelsi»ning 2009-10 yilda ko‘rsatgan natijasidan bitta ko‘p (61 ta gol 26 turdan so‘ng), o‘shanda «ko‘klar» bir mavsumda rekord 103 ta gollik marrani zabt etishgan edi. Premer Liga yetakchilari bu mavsumdagi 5 penaltidan 2 tasini amalga oshirishgan holos.

O‘YINCHILAR VA SHAXSIY REKORDLAR

«KPR»


Yetakchi to‘purarlar:
-Taarabt, Sisse va Zamora 4 ta gol.

Manchester United

Van Persi - 23 gol (19 gol Premer ligada).
Chicharito - 15 gol (9 gol premer ligada).

Biznikilar bu mavsumda premer ligada 16 ta futbolchimiz gol urgan - bu ham yagona

O'ZARO O'YINLAR

Jami: 50 ta o'yin
Q.p.rda: 6 ta g'alaba
Yunaytedda: 31 ta g'alaba
Durang: 13 ta.

"Yunayted"liklar "Q.P.R bilan so'nggi 14 o'yinda, 11 tasida g'alaba qozongan va biror marta ham yutkazmagan. Q.p.r Premer ligada "Yunayted" hali yutolmagan va 2 bor durrang o'ynagan holos. Biznikilar "Loftus Roud"da ohirgi 8 o'yinda 5 tasida g'alaba qozongan. Q.p.r esa "qizil iblislar"ni 1989 yil, may oyidan beri yutolmagan.

Bosh hakam: Entony Teylor, Manchester. Bu mavsumda Premer ligada jami 26-o'yinni boshqargan. Shulardan 26 ta sariq va 6 ta qizil kartochka ko'rsatgan. O'rtacha 2.7 kartochka.
Просмотров: 418 | Добавил: Azamjon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 13
13 dior-evans  
0
Telimda pul yoda 150 mg ob qoydim tel qilib rasa tuzlaw kere.
Malumotlar u.n rahmat Azamjon

12 Azick_ManUtd  
0
xa gap yo iloyim obersin... xudo xoxlasa yutamiz

11 Azamjon  
0
12# rostanmi?

10 Козим_10  
0
19.55 Футбол. Англия
чемпионати. «Арсенал
- «Астон Вилла». LIVE!
Танаффусда «Спорт -
маркет».

9 Azick_ManUtd  
0
+998712141474 sport tv

8 Azick_ManUtd  
0
xudo xoxlasa yutamiz

7 Azick_ManUtd  
0
Bolla spotrga tel qilila MYU obersin

6 manutd_96  
0
myuga omad

5 Dinamo  
0
Tv dasturda ars-ast vil ani yozgan MU oyiniyam quyiwi mumkun.

4 Suroj09  
0
Fabio 6ynamaskanmi?

3 ManchesterMadrid  
0
yutamiz

2 ManchesterMadrid  
0
Ajoyib chiqibdi Azamjon

1 Azamjon  
0
Macheda_93, siz bilan bugun tanishamiz. Soat 19:00 da

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]