Главная » 2013 » Fevral » 18 » "Manchester United" - "Reading". PREVIEW
15:50
"Manchester United" - "Reading". PREVIEW
«MANCHYESTER YUNAYTED» - «REDING»

Stadion: «Old Trafford», Manchester
Angliya Kubogi, 5 raund.
Dushanba, 18 fevral 2013 yil.
Boshlanish vaqti: 20:00 BST (00:59 UZB).

TARKIBLARDAGI HOLAT:

«Manchester Yunayted»


Pol Skoulzning jarohati rasman tasdiqlandi. Ser Aleks angliyalik yarim himoyachining safga qaytishi mart oyigacha cho‘zilib ketishidan qo‘rqmoqda. Boshqa tarafdan Madridning «Real» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi bahsi (1-1) oldidan qancha futbolchi ser Aleks qo‘l ostida bo‘lgan bo‘lsa, barchasi bugun maydonga tushishga tayyor.
Diskvalifikatsiyalar:Yo’q.
Jarohatlar: P.Skoulz, D.Fletcher.
MAN UTD FROM:De Xea. Lindegard. Rafeal. Jones. Smalling. Vidich. Ferdinand. Evra. Evans. Byuttner. Kerrik. Cleverley. Giggs. Anderson. Valensia. Nani. Young. Kagawa. Welbeck. Chicharito. Rooney. Van Persi.

«Reding»

Ularda ham deyarli butun tarkibi bilan «Orzular Teatri»ga tashrif buyuradi, Aleks Makkarti va hujumchi Jeyson Robertslar bundan mustasno. Brayan Makdermott o‘z himoyachisi Maykl Laydjertvud va boshqa forvard Jimmi Kebening ahvolini o‘yin oldidan tekshirib ko‘radi.
Jarohatlar: A.Makkarti, J.Roberts.
So‘roq ostida: M.Laydjertvud, D.Kebe.
Diskvalifikatsiyalar: Yo‘q.

JAMOALAR FORMALARI

«Manchester Yunayted» «Everton» ustidan qozonilgan g‘alaba (2-0) dan so‘ng, «Manchester Yunayted» Premer Ligada 63 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, jamoa yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti»dan «Iblislar» 12 ochkoga oshib ketishgan. Angliya Kubogi bahslarida 100 bora ishtirok etishgan. musobaqada 312 ta o‘yin o‘tkazilgan: +224-88. To‘plar nisbati: 739-420. 146 bora darvozalar «quruq» saqlab qolingan.

Angliya kubogi

Angliya Kubogida ketma-ket yettinchi bora Premer Liga vakillari bilan to‘qnash
kelmoqdamiz. «Manchester Yunayted» Angliya Kubogi doirasidagi uy uchrashuvlarida, agarda hech bo‘lmasa bitta gol ursa ham mag‘lubiyatga uchramagan, 69 o‘yindan iborat seriya, «Norvich»dan qabul qilib olingan 1-2 hisobidagi mag‘lubiyatdan boshlab, 18 fevral 1967 yil. «Manchester Yunayted» so‘nggi 8 mavsumda uch bora Angliya Kubogi chorak finaliga chiqa olmadi. «Qizil iblislar» Angliya Kubogidagi so‘nggi 19 uy uchrashuvidan 15 tasida g‘alaba qozonishgan – 15 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat.
Angliya Kubogida o‘z uyida so‘nggi bor Fergyuson 6-raundda «Portsmut»ga mag‘lub bo‘lgan, (0-1), 8 mart 2008 yil.
Fergyuson jamoasi Angliya Kubogi doirasidagi uy uchrashuvlarida so‘nggi 5 bahsda bir martagina o‘z darvozasidan gol olib chiqqan holos.

«Reding»

«Stok Siti»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat(2-1)dan so‘ng bugungi raqibimiz Premer-liga
18-o‘rnida 23-ochko bilan
bormoqda.

Angliya Kubogida

Angliya Kubogida 126 bora ishtirok etishgan. Musobaqada 280 o‘yin o‘tkazishgan: +150-130.
To‘plar nisbati: 605-550. 95 bora o‘z darvozalarini «quruq» holda saqlab qola bilishgan. Bu mavsumda musobaqa 3-roundida «Krouli»ni 1-3 hisobida, 4-davrada bo‘lsa o‘z uylarida «Sheffild Yunayted»ni 4-0 hisobida tor-mor keltirishdi. So‘nggi yillarda «Reading»ni Angliya Kubogidan Premer Liga vakillari chiqarib yuborgan – Liverpul,
Bernli, Vest Bromvimch va
Everton.

Bosh hakam: Andre Marriner (Bu mavsum 25 o‘yinni boshqargan, 74a sariq kartochka ko‘rsatgan, o‘rtacha bitta
uchrashuvda 2.9 ta kartochka).
Просмотров: 375 | Добавил: Azamjon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 Azick_ManUtd  
0
xudo xoxlasa yutamiz

4 ManchesterMadrid  
0
zur

3 CAPTAIN  
0
Olg'a MYUim

2 Suroj09  
0
Olg'a ManYU

1 muzik_utd  
0
Omad!!!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]