Главная » 2012»Mart»7 » Pogbaning "Yuventus"ga o'tishi aniq bo'ldi
23:14
Pogbaning "Yuventus"ga o'tishi aniq bo'ldi
"Manchester Yunayted"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Pol Pogba yozda sobiq klubini erkin agent sifatida tark etadigan bo'ldi. Britaniya nashrlarining tarqatgan ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik futbolchi Turinning "Yuventus" klubi bilan kelishuvga erishgan.
Pogba Turinda to'rt yillik shartnoma imzo chekadi. Futbolchi u yerda haftasiga 20 ming funt maosh oladi. Shuningdek buning ustiga shartnoma bonusiga ham sazovor bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Pol Pogba yaqinda "Manchester Yunayted"ning yangi shartnomasini rad etgandi.