Главная » 2012»May»3 » Pogbaning kelajagi keyingi haftada hal bo'ladi
09:28
Pogbaning kelajagi keyingi haftada hal bo'ladi
Pol Pogbaning agenti Mino Rayolaning xabar berishicha, uning mijozining kelajagi keyingi haftada uzil kesil hal bo'lar ekan. 19 yoshli fransuz "Yunayted" bilan muzokaralarni yakunladi. Endilikda u yangi shartnomaga qo'l qo'yishi yoki "Yuventus"ga o'tib ketishi mumkin. Bu yog'iga faqatgina Pogbaning qarorini kutish qoldi.
"Men uni qaysi klubni tanlashini bilmayman - "Yunayted" yoki "Yuventus". U "Yunayted"da qolishi ham mumkin, buni keyingi hafta aniq bilib olamiz. Pol Fergusonga ishonadi, ammo uning qaror qabul qilishi juda qiyin kechadi",- deya Rayolaning so'zlaridan parcha keltirmoqda The Times.