Главная » 2013 » Sentabr » 28 » «MYu»– «Vest Bromvich» RvP o’ynashga tayyor
17:15
«MYu»– «Vest Bromvich» RvP o’ynashga tayyor
«Manchester Yunayted» ustozi Devid Moyes hujumchi Robin van Persining APL 6-turi «Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Robin bu uchrashuvda maydonga qaytadi. Uning taxminan qancha vaqt harakat qilishi hozircha noma’lum. U bugun mashg’ulotlarda tayyor ekanligini namoyish qildi.

Futbolchilar «Manchester Siti» bilan uchrashuvdan(1:4) so’ng qiynalishdi. Biz muxlislarga taslim bo’lmasligimizni ko’rsatib qo’ymoqchimiz», – deydi Moyes.
Eslatib o’tamiz, van Persi «Manchester Siti» va Angliya liga kubogi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o’yinni (1:0) o’tkazib yuborgandi.
Просмотров: 274 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]