Главная » 2013 » Iyul » 20 » Moyes matbuot anjumanida
14:46
Moyes matbuot anjumanida
David Moyes "Avstraliya Ligasi
Yulduzlari"ga qarshi uchrashuvdan oldin
mavsum oldi turnedagi o'zining ikkinchi
matbuot anjumanini o'tkazdi. Moyesning
aytishicha u jamoaning xamma
o'yinchilariga ko'proq o'yin amaliyotiga
ega bo'lishi uchun imkon bermoqchi
ekan.

"Fil Jons asosiy tarkibda o'ynaydi. Biz bu
yerga eng kuchli bo'lmagan tarkibimiz
bilan keldik, shuning uchun ham xamma
futbolchilar o'yin amaliyotiga ega
bo'ladi. Aynan mana shu bizning
rejalarimiz. Men futbolchilarni 90 daqiqa
o'ynashlarini xohlayman. Bu birinchi
o'yinda ham bo'lgandi va biz buni safar
ham qilishga xarakat qilamiz.

"Men Tailanddagi o'yinimizga qaraganda
oldinga intilishni xohlayman.
O'ylashimcha biz qiyin sharoitda ham
jismoniy xolatimiz yomon emasligi
ko'rsata oldik, lekin men xozirgi
darajamizdan ham o'shimizni va o'yinni
o'z qo'limizga olishni xohlayman. Bizning
chempionatda birinchi bo'lib "Suonsi"
bilan o'ynaymiz, undan oldin esa bizni
Superkubok o'yini kutmoqda. Bugungi
o'yin so'zsiz muhim, lekin umumiy
ko'rinishda muhim rol o'ynamaydi -
deydi shotlandiyalik.
Просмотров: 458 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]