"Barselona" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ravel Morrisonga taklif bilan chiqmoqchi.
The Daily Star nashrining tarqatgan xabarlariga ko'ra, yosh futbolchi Angliya chempioni bilan yangi shartnoma yuzasidan kelisha olmagan, shuning uchun ham Xosep Gvardiola 18 yoshli xavbekka ko'z tikkan. Kataloniyaliklar murabbiyi hozirgacha ushbu futbolchining bir necha DVD disklarini tomosha qilgan. Pepga Morrison yoqqan shekilli u tumanli albionga o'z skautlarini jo'natgan.
Ispan klubi Ravel bilan yarim yildan so'ng shartnoma tuzishi mumkin, chunki futbolchining shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Eslatib o'tamiz, yaqindagina "MYU" "Nyukasl"ga Morrison borasida rad javobini bergandi.
Barca ga yana nima kerak ekan? Endi Angliyada tanilsa, darrov ispanlar ko'z olaytirishadi. Man.Yuni g'alaba bilan tabriklayman. Ertaga Wigan Cityni yutsa-yu, zo'r bo'lardi. Omad hammaga.
ex bizning yoshlarga nima bolyapti bir yoqda Pol Pogba ketaman deydi bu yogda R Morrison ketaman deydi ey axmoqlar bu klubni qanday tashlab ketish mumkin tushunmadim Ispaniyada nima bor xaqiqiy Futbol tumanli alibiondaku Ispaniyaga borish orqaga tashlangan qadamku