Shanba, 06.06.2026, 00:13
Приветствую Вас Mehmon | RSS | Регистрация | Вход
16:23 Mirror: Skoulz zaxira o'yinchilar bosh murabbiyi? | |
| The Daily Mirror nashrining xabarlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" zaxira o'yinchilar murabbiyi Uorren Djoys sobiq klubi "Xall City"ga qaytayotganligi bois, klubning ushbu lavozimida jamoa afsonasi Pol Skoulz ishlashi mumkin ekan. Yuqoridagi nashrda yozilishicha, "qizil iblislar" 46 yoshli ushbu mutaxassisni hech qanday qo'shimcha maoshlarsiz "Xall City'ga qo'yib yuborishga rozi bo'lishgan va Djoysning o'zi ham bu fikrni ma'qullagan. Uorren Djoys 1998-yildan 2000-yilgacha "yo'lbarslar"ga murabbiylik qilgandi. Hozirda esa uning "Yunayted"dagi o'rnnini Skoulz egallashga tayyor ekanligini bildirdi. "Sariq shaxzoda" agar zaxira o'yinchilariga murabbiylik qiladigan bo'lsa, u sobiq jamoadoshi Ole Gunnar Sulsherning faoliyatiga o'xshash holatni takrorlagan bo'ladi. Sulsher ham Norvegiyaga ketishdan oldin "Manchester Yunayted" zaxira o'yinchilariga boshchilik qilgan. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |