Главная » 2013 » Sentabr » 28 » "Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" Preview!
17:19
"Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" Preview!
«Manchester Yunayted» - «Vest Bromvich» Preview!

Stadion "Old Trafford", Manchester.
Turnir: Premer-liga 6 Tur
Shanba, 28 sentyabr 2013 yil
Boshlanish vaqti: 19:00 (Toshkent)
Bosh xakam: Maykl Oliver.
Qanot xakamlari: Piter Kirkul, Shon Long.
Zahira xakam: Endi Teylor.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR

"Manchester Yunayted"

Devid Moyesning so'zlariga ko'ra yarim ximoyachi Tom Kleverli va Gollandiyalik forvard Van Persi bu uchrada sheriklariga yordan bera olishadi.

Chetlatish: Yo'q

Jarohat olganlar: Yo'q.

So'roq ostida: Yo'q.

Qaydnoma: De Gea, Lindegaard, Amos, Rafael, Fabio, Jones, Smalling, Ferdinand, Vidic, Evra, Buttner, Valencia, Giggs, Carrick, Cleverley, Fellaini, Anderson, Kagawa, Nani, Young, Van Persie, Welbeck, Rooney, Hernandez.

"Vest Bromvich"

Jamoa bu uchrashuvda Viktor Anichebe va Nikolas Anelkalar safga qaytishiga umid bildirishmoqda. Shuningdek Klaudio Yakob ham maydonga qaytishi mumkin, Kris Brant esa man 3 uchrashuvdan buyon jarohati bois uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.

Chetlatish: Yo'q

Jarohat olganlar: Gera, Vaydra, Brant, Torne, Foster.

So'roq ostida: Anichebe, Anelka, Yakob.

Qaydnoma: Myhill, Camp, Reid, Olsson, Popov, Ridgewell, Lugano, McAuley, Dawson, Jones, Yacob, Morrison, Sinclair, Dorrans, Amalfitano, Mulumbu, Rosenberg, Long, Anichebe, Sessegnon, Berahino, Anelka.

JAMOALAR HOLATI

"Manchester Yunayted"

8-o'rin, 7 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=1-2

Agar "Yunayted" bu uchrashuvda mag'lubiyatga uchrasa u holda klub APL doirasidagi 6-turdan so'ng qayd etgan eng yomon 1989/90 mavsum startini takrorlagan bo'ladi.

Agar durang natija qayd etilsa u holda 2002/03 mavsumdagi yana bir omadsiz mavsum startini qaytargan bo'ladi. O'sha mavsumda ham jamoa 6-turdan so'ng 8 ochko jamg'ara olgan edi.

"Manchester Yunayted" faqagina Premer-liganing ikki mavsumida o'zining ilk 6 uchrashuvidan 2 tasida g'alaba qozona olgan (2002/03 va 2004/05).

"Vest Bromvich"

14-o'rin, 5 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +2=2-2

O'tgan turda "Sanderlend" ustidan qozonilgan g'alaba "Vest Bromvich" uchun Premer-liganing oxirgi 9 o'yinidagi ilk g'alaba bo'ldi +1=3-5.

"Vest Bromvich" bu mavsumda o'zining 4 golidan 3 tasini oxirgi 15 daqiqalikda urgan.

FUTBOLCHILAR VA REKORDLAR HAQIDA

"Manchester Yunayted"

To'purar: Van Persi 6 gol (3 ta ligada), Runi 4 gol (2 ta ligada).

Ueyn Runi Premer-liga baxslarining 4 uchrashuvida 2 bora gol kiritishga muvofaq bo'ldi.

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" tarkibida maydonning raqibga tegishli bo'lgan xududida barchadan ko'ra ko'p pas berishga muvofaq bo'lgan (233). Bu borada u Kayl Uoker (Tottenhem) va Aaron Remzi (Arsenal) kabi futbolchilardan bir dona ko'p uzatma amalga oshirgan.

"Vest Bromvich"

To'purar: Beraxino 4 gol (0 ligada).

O'tgan turda Stefan Sessenon "Sanderlend" klubiga qarshi uchrashuvda urgan goli, APL tarixida, o'zining debyut uchrashuvida sobiq jamoasiga gol kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Jamoalar o'zaro 122 marotaba to'qnash kelishgan. Bularning 52 tasida "Manchester Yunayted", 40 tasida "Vest Bromvich" g'alaba qozongan. Yana 30 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

"Vest Bromvich" hali biron marotaba ham Premer-liga baxslarida "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozona olmagan. Shuningdek chempionatning oxirigi 18-uchrashuvidan buyon g'alaba qozona olmayabdi. Ular so'nggi bora "Yunayted" ustidan 1984-yilning mart oyida uyda 2:0 xisobida g'alaba qozonishgan. "Old Trafford"da esa "Vest Bromvich" oxirgi bora 1978-yilning 30-dekabrda (3:5) g'alaba qozongan edi.

Premer-liganing so'nggi 14 uchrashuvida "Yunayted", "Vest Bromvich" klubiga qarshi uchrashuvlarda 11 bora g'alaba qozonib, 3 bora durang o'ynab, raqiblar darvozasiga 37 ta to'p yo'lagan. "Vest Bromvich" oxirgi bora "Yunayted"ni barcha turnirlarni xisobga olganda 2003 yilda Angliya Liga kubogining 4-bosqichida yutishga erishgan (2:0).

O'tgan mavsumda jamoalar oxirgi turda muhlislar uchun chempionatdagi eng gollarga boy durang natija taqdim etgan (5:5).

O'ZARO UCHRASHUVLAR

Liga (on APL): ""Manchester Yunayted" 50 g'alaba, "Vest Bromvich" 37, durang 27.

APL: "Manchester Yunated" 11 g'alaba, "Vest Bromvich" 0, durang 3.

O'TGAN MAVSUM "OLD TRAFFORD" DAGI UCHRASHUV

"Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" 2:0

Sana: 29-dekabr 2012 yil.
Xakam: Jonatan Moss.
Gollar: Makoli 9 (avtogol), van Persi 90.
Просмотров: 425 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Azick_ManUtd  
0
Cостав «Юнайтед»: De Gea, Jones, Ferdinand,
Evans, Buttner - Nani, Carrick, Anderson,
Kagawa - Rooney ©, Chicharito.
Запасные: Evra, Welbeck, Fabio, Valencia,
Fellaini, Amos, Januzaj.

1 ROONEY10  
0
Аjoyib g'alaba va Runidan gollar kutib qolaman

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]