The Mirror nashrining tarqatgan xabarlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi Darron Gibsonni sotishga tayyor ekan. Ser Aleks ham irlandiyalik futbolchini sotish niyatida. Yozda Gibson uchun "Sanderland" ancha ter to'kdi, ammo tomonlar maosh borasida kelisha olmaganligi bois bu transfer amalga oshmagandi. Hozirgi xabarlarga ko'ra Gibson uchun "Everton" 2.5 mln. funt taklif qilayotgan ekan. Agarda tomonlar kelisha olishsa Darren mavsum yarmini "Gudison Park"da o'tkazishi tayin.