Главная » 2013 » Sentabr » 18 » «Manchester Yunayted» «Bayer» ustidan g'alaba qozondi
02:17
«Manchester Yunayted» «Bayer» ustidan g'alaba qozondi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi
doirasida «Manchester Yunayted» o'z
maydonida Leverkuzenning «Bayer»
jamoasini qabul qildi va g'alaba
qozondi.
_
Bu uchrashuvda Runi ikkita gol
kiritdi va Valensiya kiritgan
golga assistentlik qildi.
Van Persi bo'lsa o'z navbatida
Valensiya tomonidan etkazib
berilgan to'pni 59 daqiqada juda
chiroyli tarzda golga aylantira
oldi.
Germaniyalik o'zlarining nomdor
raqiblariga ikki bora javob
qaytara olishdi. O'yinning 54
daqiqasida Rolfes De Xea
qo'riqlayotgan darvozaning o'ng
burchagini aniq nishonga olgan
bo'lsa, uchrashuv yakunida Toprak
burchak to'pidan gol urdi.
Shu tariqa 4:2 hisobida g'alaba
qozongan Devid Moyes shogirdlari
«A» guruhi etakchisiga aylanib
olishdi.
_
Evropa chempionlari ligasi
Guruh bosqichi, 1-tur
Manchester Yunayted – Bayer 4:2
(1:0)

Gollar:
1:0 – 22 Runi, 1:1 – 54
Rolfes, 2:1 – 59 van Persi, 3:1 – 70
Runi, 4:1 – 79 Valensiya, 4:2 – 88
Toprak.
_
Manchester Yunayted – De Xea,
Smolling, Rio Ferdinand, Vidich,
Evra, Kerrik, Valensiya, Kagava
(Eshli Yang, 71), Fellayni
(Kleverli, 80), van Persi, Runi (X.
Ernandes, 86).
_
Bayer – Leno, J. Donati, Spaxich,
Toprak, Benish, Raynartts, Jan,
Rolfes, Sem (Kruz, 78), Son Xen
Min (L. Bender, 64), Kissling
(Derdiyok, 78).
_
Ogohlantirishlar: Son Xen Min
(14), Raynartts (19), van Persi (39).
Просмотров: 406 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 NEYMAR91  
0
G"ALABA MUBORAK

1 Kagawa  
0
Sport tv obirishkere ediyu

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]