Главная » 2013 » Sentabr » 22 » «Manchester Siti» - «Manchester UnIted» PREVIEW
02:36
«Manchester Siti» - «Manchester UnIted» PREVIEW
«Manchester Siti» - «Manchester Yunayted»

«Etihad» stadioni, Manchester

Primer Liga 5 – tur

Yakshanba, 22 – sentabr, 2013 – yil.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:00 BST (20:00 UZB)

JAMOALAR HOLATI

«Manchester Siti»


Belidan olgan jarohati tufayli ikki o’yin o’tkazib yuborgan David Silva yana tarkibga qaytishi mumkin. Jarohatidan tuzalgan himoyachi Mayk Richords va jamoa sardori Vinsent Kompaniylar ham tarkib tarkibdan joy olish ehtimoli katta.

Diskalifikatsiya:Yo’q.

Jarohat olganlar:Klishiy (belidan) Demichelis (tizzasidan)

So’roq ostida:Richords va Silva

Manchester City (from):Hart, Pantilimon, Zabaleta, Richards, Kompany, Nastasic, Lescott, Boyata, Kolarov, Silva, Nasri, Milner, Navas, Fernandinho, Toure, Garcia, Rodwell, Aguero, Dzeko, Negredo, Jovetic.

«Manchester Yunayted»

«Yunayted» tarkibida Rafael va Fil Jons uchrashuvda jarohati tufayli ishtirok eta olishmaydi. Deniel Uelbek masalasi so’roq ostida turibdi. Muommo esa tovonidan olgan jarohati bilan bog’liq.

Diskalifikatsiya:Yo’q.

Jarohat olganlar:Rafael, Jons (tirsagidan).

So’roq ostida:Denni Uelbek.

ManchesterUnited (from):De Gea, Lindegaard, Amos, Rafael, Fabio, Jones, Smalling, Ferdinand, Vidic, Evra, Buttner, Valencia, Giggs, Carrick, Cleverley, Fellaini, Anderson, Kagawa, Nani, Young, Welbeck, Van Persie, Rooney, Hernandez.

Jamolarni turnir jadvalidagi holati:

«Manchester Siti»


4 – o’rin, 7 ochko

Primer liga baxslari doirasidan o’z maydonida bo’lgan so’nggi 52 uchrashuvda gol urgan. APL jamoalari orasida rekord natija esa «Manchester Yunayted» ga tegishli. Avvalgi mavsumning 66 uchrashuvida.

Joriy mavsumda raqiblar darvozasiga kiritilgan 14 goldan 4 tasini jarima maydoni tashqarisidan urilgan . Bu esa chempionatdagi boshqa jamoalarga nisbatan ancha ko’p.

2012 -2013 yilgi mavsumni boshida jamoa 21 o’yinda o’z darvozasi daxlsizligini ta’minlagan, chempionatni so’nggi 8 o’yinidan 6 uchrashuvda jamoa 0:0 hisobini qayt etgan.

Avvalgi turda «Stok Siti» ga qarshi o’yinda ham 0:0 hisobini qayd etib raqib darvozasiga yo’llagan 10 zarbadan birortasini ham samarali yakun topmagan.

«Siti» jamoasi so’nggi 4 mavsum yakunlariga ko’ra qatorasiga 3 marotaba Primer Liga o’yinlarini mehmonda o’tkazgan ilk 2 turida g’alaba qozona olishmagan.

«Manchester Yunayted»

5 – o’rin, 7 ochko

«Manchester Yunayted» mehmonda faqat 1 o’yinda g’alaba qozongan («Suvonsi» ga qarshi birinchi turda) Primer Liganing mehmonda o’tkazgan so’nggi 5 uchrashuvi: 1 g’alaba, 3 durrang, 1 mag’lubiyat.

David Moyes «Everton» klubini boshqargan vaqtida jamoasi «Siti» bilan 10 uchrashuv o’tkazib undan 5 tasini g’alaba bilan yakunlagan.

«Yunayted» tarixida 101 yildan beri davom etib kelayotgan an’ana, ya’ni jamoaga yangi kelgan murabbiylar faoliyatidagi «Siti» ga qarshi ilk derbi uchrashuvida g’alabaga erisha olishmagan. Faqatgina 1912 – yilda murabbiy Jon Bentli erishgan g’alabasidan so’ng. Murabbiylar Jek Robson, Mett Basbi, Ron Atkenson hammasi ilk derbi o’yinini durrang natija bilan tamomlashgan. Hattoki afsonaviy Ser Aleks Fergyusson ham 1989 – yili «Siti» ga qarshi ilk o’yinini sharmandali mag’lubiyat bilan boshlagan. «Main Road» stadionida 1:5 hisobi qayt etilgan. Balki bu yoqimsiz an’anani buzishni Devid Moyes uddasidan chiqar.

O‘YINCHILAR VA SHAXSIY REKORDLAR

«Manchester Siti»


To’purar:Yaya Ture – 3 gol (2 gol Liga baxsida)

Yaya Ture o’tgan mavsumda 347 marotaba to’p uzatishlarni amalga oshirgan, bu ko’rsatgich chempionatda boshqalardan 30 marotaba ko’p va «Yunayted» ning yetakchisi Maykl Kerrikdan esa 65 marotaba ko’p (282 marotaba to’p uzatish amalga oshirgan).

«Manchester Yunayted»

To’purar:
Robin van Persi 6 gol (3 gol Liga baxsida)

«Siti» ga qarshi Ueyn Runi jamoada o’zini 300 – golini urishi mumkin. Chempionatning so’nggi 44 uchrashuvida Runi o’zi gol urgan yo’ki jamoadoshlariga gol urishda asisstentlik qilgan 40 marotaba.

Ueyn Runi «Etihad» stadionida 8 marotaba raqiblar darvozasiga to’p kiritgan. 6 marotaba «Yunayted» bilan 2 ta golni esa Angliya terma jamoasi tarkibida Islandiya termasiga qarshi o’yinda kiritgan (2004 – yil. Hisob 6:1).

Runi va van Persi «Yunayted» bilan Primer Liga baxslarida birgalikda ishtirok etib 23 o’yinda umumiy 28 marotaba gol urishgan (van Persi – 15, Runi – 13).

Primer Ligada 2006 – yili debyut o’yinini o’tkazgan Eshli Yang jamoasi uchun 12 marotaba 11 metrli jarima to’pi ishlab bergan. Bu rekord ko’rsatgichni «Aston Villa» futbolchisi Gapriel Agbonlahor ham takrorlagan.

Maorun Fellayni «Siti» ustidan «Everton» tarkibida 5 marotaba g’alaba qozongan. «Kristal Pelas» ga qarshi so’nggi turda Fellayni o’yinda 45 marotaba to’pni aniq uzatgan, vaholanki u Anderson o’rniga 62 – daqiqada tushirlgan. Robin van Persi vujudga keltirgan 11 metrli jarima to’plarini 17 marotaba amalga oshirib faqat 13 tasini gol bilan yakunlagan. Robin shu vaqtgacha «Yunayted» tarkibida gol urgan o’yinlarini g’olib sifatida tark etgan.

O’ZARO O’YINLAR

Shu vaqtgacha jamoalar 164 marotaba turli musobaqalarda ro’baro kelishgan. «Yunayted» 68 o’yinda, «Siti» 46 o’yinda g’alaba qozongan, 50 marotaba esa jamoalar durrang natijasiga rozi bo’lishgan.

Angliya chempionatlarida 150 marotaba Manchester derbisi o’tkazilgan. 59 marotaba «Yunayted» 40 marotaba «Siti» g’alaba qozongan. 49 o’yin durrang bilan yakunlangan.

Primer Ligada jamoalar 32 marotaba o’zaro o’yin o’tkazishgan. Bundan 18 o’yin «Yunayted» hisobiga, 8 o’yin «Siti» hisobiga hal bo’lgan, 6 marotaba durrang qayd etilgan.

APL da so’nggi mavsumda ikkala jamoa mehmonda g’alabaga erishgan. Dekabrda «Yunayted» futbolchilari «Etihad» da 2:3 hisobida g’alaba qozonishgan. Aprelda «Siti» futbolchilari «Old Trafford» da 1:2 hisobida g’olib kelishgan.

APL da o’tkazilgan so’nggi 10 uchrashuvdan 6 tasida «Yunayted» zafar quchgan, «Siti» esa 3 marotaba g’alabaga erishgan.

Mehmonda «Siti» ga qarshi o’yinlarni «Yunayted» 16 o’yinda 9 g’alabaga, 5 mag’lubiyat va 2 marotaba durrang natija qayd etishgan.

«Yunayted» ni «Siti» mehmonida qozonilgan g’alabalar orasidagi eng yirik natija 1894 – yil 3 – noyabrda Angliya chempionati doirasida o’tkazilgan va «Hayd Road» da «Yunayted» 2:5 hisobida g’alaba qozongan.

AVVALGI MAVSUMDAGI SO’NGGI DERBI USHRASHUVI

«Manchester Siti» 2:3 «Manchester Yunayted»

2012 – yil 9 – dekabr

Bosh hakam:
Martin Atkinson

Kiritilgan to’plar: «Siti» Yaya Ture 60, Sabaleta 86.

Kiritilgan to’plar: «Yunayted» Ueyn Runi 16, 29 van Persi 90.

HAKAMLAR BRIGADASI:

Bosh hakam:Hovard Vebb (Janubiy Yorkshir).

(Bu mavsumda 5 marotaba turli uchrashuvlarda bosh hakamlik qilgan, umumiy 10 marotaba sariq kartochka bilan jazolagan. O’rtacha har o’yinda 2 kartochkadan.)

Qanot hakamlari: Mullarkey va Kann.
Yordamchi hakam: Maykl Oliver.
Категория: PREVIEWS! | Просмотров: 852 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 CAPTAIN  
0
5 Suroj09 (Bugun 14:12)
Lazizbek aka. xa wunchun
t6xtaliw bulyapdi.
Rahmat

5 Suroj09  
0
Lazizbek aka. xa wunchun t6xtaliw bulyapdi.

4 CAPTAIN  
0
Loyihalar mualliflari va yuzerlarga!
Loyihalarni paxta tugaguncha töxtatib tursak, NETga kirish muammo bölebdi.

3 ROONEY10  
0
«Siti» ga qarshi Ueyn Runi
jamoada o’zini 300 –
golini urishi mumkin.
__
jamoadagi emas, faoliyatidagi 300- gol manimcha

2 dior-evans  
0
Klass !

1 Azick_ManUtd  
0
xudo xoxlasa yutamiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]