Главная » 2012»Aprel»22 » Jang tugadi! "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Everton" bilan 4:4 o'ynab qo'ydi!
18:25
Jang tugadi! "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Everton" bilan 4:4 o'ynab qo'ydi!
Mana "Manchester Yunayted" uchun so'nggi turlardan biri yakunlandi. "Qizil iblislar" 34-tur doirasida "Old Trafford"da "Everton" klubini qabul qilishdi va murosasiz va gollarga boy bo'lgan uchrashuvda jangovor durrang qayd etishdi. Tafsilotlarga to'xtalsak, dastlab mehmonlar hujumchisi Yelavich Gibsonning xatti-harakatlari evaziga 33-daqiqada hisobni ochdi - 0:1. Keyinchalik mezbonlar o'zlariga kelib ketma-ket hujumlar uyushtirishdi, buning natijasida jamoa "yuragi" Ueyn Runi 41-daqiqaga kelib Naning qanotdan yetkazib bergan to'pini bosh bilan darvozaga joylab hisobni tenglashtirdi - 1:1. Shu hisob bilan jamoalar tanaffuzga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'lim juda qiziqarli kechdi. 52-daqiqada "Everton" himoyachilari "M.Yu"ning ikkinchi hujumchisi Uelbekka to'pni "sovg'a" qilishdi va bu vaziyatda Denny "qizil iblislar"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, 67-daqiqada o'yin faollaridan biri Nani Uelbek bilan kombinatsiya uyushtirib o'z hisobiga gol yozib qo'ydi - 3:1. Mehmonlar ham bu orada jonlanishdi. Raqib o'rta chiziq vakili Fellayni hisobni qisqartirdi - 3:2. "M.Yu" ham bu orada o'zini yuqotgani yo'q, yana o'sha Ueyn Runi "yil futbolchisi" bo'lishga yana bitta qadam tashladi. Juda chiroyli kombinatsiyada so'ng Ueyn ushbu mavsumdagi 26-golini raqib darvozasiga yo'lladi - 4:2. Bu hali hammasi emas, 83-daqiqada mehmonlar to'la jonlanishdi va yana o'sha Yelavich gol urdi - 4:3. Oradan hech qancha vaqt o'tmay 85-daqiqada Stiven Pinaar "Old Trafford"ni karaxt holatga soldi - 4:4.
Kelishilgan öyin?! Shunday deb özlaringni xursand qilib turaveriylarchi, ungacha City chempion böladi. Kötiga s... bu MUni, yutayotgan joyida suqtirib ötiribdiya
Bolalar raqibni hurmat qilinglar. Undan köra yaxshi öynaganini tan oliylar. Bugungi öyinga ajoyib tayyorgarlik köribdi Everton klubi, qoyil.2 töp farqi bilan yutayotgan joyida MU durang öynagani uchun söksalaring shu arziydiku. Nega Evertonni sökebsila, yaxshi öynagani uchunmi. Yaxshi öynagani uchun qaysi jamoa sökish eshitgan. Unda nega MU yaxshi öynagan paytlari MUni sökmaysila