Главная » 2012»Aprel»6 » Giggs: "Xyuz - oxirigacha kurashadigan mutaxassis"
22:56
Giggs: "Xyuz - oxirigacha kurashadigan mutaxassis"
Kelayotgan yakshanba kuni "Manchester Yunayted" o'z uyida "Kuinz Park Reynjers" klubini qabul qiladi. Ayni ushbu uchrashuv oldidan Rayan Giggs jamoadagi sobiq jamoadoshi va "KPR" bosh murabbiyi Mark Xyuz oxirigacha kurashadigan mutaxassis ekanligi va "qizil iblislar"ga bu o'yinda oson bo'lmasligini ta'kidlab o'tdi.
"Mark hozirgacha bir nechta klubni boshqardi va u bu sohada yangi emas. U jamoasini ajoyib tarzda tayyorlagan. Xyuz - jangchi va u oxirigacha kurashadi. U yanvarda bir nechta yaxshi xaridlar qildi va ajoyib tarkib yig'a oldi. O'ylaymanki, "KPR" yakshanba kuni bizni ko'proq ishlashga majbur qiladi",-deya klub rasmiy saytiga intervyu berdi Giggs.
Men ham shundan havotirdaman,fanatdoshlar!Shuncha yanglik,shuncha omaddan keyin(yani 5 ochkoga ilgarilaganimiz,nanini qaytishi,o'yinchilarni jaroxatdan qutilishi va super o'yinlar) bir omadsizlik kelmasada,huddi man citydagidek.