Главная » 2013 » Iyun » 22 » Garri Nevilldan Uff.uz ga eksklyuziv intervyu
14:14
Garri Nevilldan Uff.uz ga eksklyuziv intervyu




Turkiyadagi ikkinchi kunimizga ajoyib yakun yasaldi. Sababi, "Manchester Yunayted" klubi afsonasi Garri Nevill Uff.uz sayti uchun qisqa-eksklyuziv intervyu berib o'tdi. Aniqrog'i, uch yarim daqiqa ichida undan o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishga ulgura oldik. "Galatasaroy" stadionining kutish- xonasida afsonaviy futbolchilar - Pol Ins, Rayan Giggs va Garri Nevillarni uchratib qoldik.
Tezda fursatdan foydalanish maqsadida Nevilni savollarga tutdik. O'zimizni tanishtirib, O'zbekistondan ekanligimizni aytdik. Garri yo'q demasdan savollarimizga javob qaytardi.

- Janob Nevill,
qanday shamollar bilan bu yerdasiz?

- Shunchaki, futbol ko'rgimiz keldi.
Ayniqsa, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ko'p narsa olsangiz bo'ladi.

- Hozirda "Yunayted"da murabbiylardan bo'lib ishlaysiz. Balki, yangi futbolchilarni kuzatgani kelgandirsiz ...

- (Kuladi) Taxminan topdingiz. Iqtidorlar bo'lsa, Chempionship va Premer- ligagaga olib ketishimiz mumkin. Bundan tashqari Turkiyada dam olish uchun ham keldik.

- Yana qaysi shaharlarga borasiz? Qaysi termalarni kuzatmoqchisiz?

- Hozircha faqat Istambulda bo'lamiz. Ko'ramiz, balki Antaliyaga ham borarmiz.

- Borsangiz 29 iyun sanasini mo'ljallab boravering, afsuslanmaysiz. O'sha kuni Urugvay - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bizda ajoyib futbolchilar bor.

- O'zbekiston deysizmi? Futbolingiz haqida deyarli hech narsa bilmayman. Ammo, bajonidil Antaliyadagi o'yiningizni ko'rishim mumkin. Agar ulgursak, albatta. Iqtidorli yoshlaringiz bo'lsa, inobatga olamiz. Darvoqe, sizda chempionat qanday tizimda tashkillashtirilgan?

- Mavsumni nazarda tutyapsizmi?

- Ha.

- Biz bahor-kuz tizimida o'ynaymiz. O'yinlarimiz erta bahorda boshlanib, kech kuzda tugaydi.

- Unday bo'lsa, futbolchilaringiz boshqa tizim va iqlimga moslashish uchun judayam kuchli bo'lishi kerak. Lotin Amerikasi va afrikalik futbolchilarning bu borada imkoniyatlari ko'proq deb o'ylayman. Umuman, bir futbolchini olish uchun uning terma jamoasi natijalari va o'zining individual ko'rsatkichlariga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. (bu orada Nevill shoshayotganini aytdi)

- Yo'q demasdan qisqacha suhbatingiz uchun tashakkur.

- Hechqisi yo'q, bemalol.

Manba: www.uff.uz
Просмотров: 442 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 7
7 Suroj09  
0

6 Musohon87  
0
qoyil demak gari bizni bolanixam körsa böladi iqtidorlar köp deb öylayman

5 Ashley-Young7707  
0
qani endi pulum bulganda albatta turkiyaga borardim xam dam olardim xam uyin kurib nevil va giggslar bn kuriwardim ex !!!

4 muzik_utd  
0
Ofarin Uff

3 Beckham  
0
gap yo'q

2 jasper  
0
z6r malades

1 ROONEY10  
0
Qoil!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]