"Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Djons kelayotgan shanba kuni "Blekbern Rovers"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
19 yoshli ushbu futbolchi jarohatdan to'liq tiklanmagani uchun "Uigan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi, ammo hozirda sog'ligi tiklangani tufayli Fil "Rovers"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi haqiqatga yaqin.
Djons sobiq klubining hozirda jadvaldagi o'rnidan xafaligini, ammo ikkinchi davrada "Blekbern" ajoyib o'yin ko'rsatishiga ishonishini aytib o'tdi.
"Blekbern"ga qarshi o'yin oson kechmaydi. Men bu jamoani bilaman, bu yerda bir nechta ajoyib futbolchilar to'p suradi",-deb aytib o'tdi Fil.