Главная » 2013 » Mart » 30 » Fil Djons ''Chelsi'' bilan o'yinga tusha oladi
07:54
Fil Djons ''Chelsi'' bilan o'yinga tusha oladi
«Manchester Yunayted»
himoyachisi Fil Jons Angliya
Kubogi Chorak finali javob
uchrashuvidagi «Chelsi»ga
qarshi kechadigan dushunba
kungi uchrashuvda maydonga
tusha oladi.
Shanba kuni «Qizil iblislar»
safarda Premer-Liga doirasida
«Sanderlend» mehmoni
bo‘lishadi, 48 soat o‘tib bo‘lsa
Londonda «Chelsi» qarshiligini
yengishga urinib ko‘rishadi.
Bunday tig‘iz taqvimni hisobga
olgan holda, «Yunayted» bosh
murabbiyi ser Aleks Fergyuson
tarkibda bir nechta
o‘zgartirishlar kiritishi
kutilmoqda.
The Guardian nashrining xabar
berishicha, Fergyuson yana Jons
xizmatlaridan foydalana olishi
mumkin, Fil Angliya Kubogi
nimchorak finalida «Reding»ga
qarshi kechgan bahsda (2:1)
jarohat olgan edi. Biroq hozirda
21 yoshli angliyalik futbolchi
mashg‘ulotlarda ishtirok
etmoqda.
«Fil Jons kelasi hafta
mashg‘ulotlarga qo‘shilishi
kerak. U qaytshga yaqin», -
degan edi Fergyuson terma
jamoalar o‘yinidan oldin.
Xabarlarga ko‘ra, ser Aleks
Jonsga o‘z formasini tiklash
uchun yana bir necha kun
beradi, shundan so‘ng Fil
«Stemford Bridj»dagi
uchrashuvda maydonga
tushishi mumkin. Jamoa endi
Pol Skoulz xizmatlaridan
foydalana oladi, u tizzasi bilan
bog‘liq muammolarini hal qildi
va «Sanderlend» bilan
uchrashuvdayoq sariq sochli
shag‘zodani muxlislar
maydonda ko‘rishlari mumkin.
Просмотров: 352 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 muzik_utd  
0
Xurmatli fanatdowla "KIM GOL URADI" davom etmoqda.

4 van_persi_93  
0
k6z tegmasin

3 Azick_ManUtd  
0
omad bollaga

2 CAPTAIN  
0
Olg'a manches

1 ManchesterMadrid  
0
Ajoyib xabar ertalabdan yaxwi xaarlar ewitsak bolarkanu

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]