Главная » 2013 » Aprel » 5 » Fergyuson: Jons ajoyib futbolchi
18:39
Fergyuson: Jons ajoyib futbolchi
Ser Aleks himoyachilar Fil
Jons, Kris Smolling va
Jonni Evansning
kelajagiga ishonch
bildirayotganini aytib
o'tdi.
Ser Aleks Fil Jonsning
markaziy himoyachi
sifatida e'tirof etib, Kris
Smolling va Jonny
Evansning markaziy
himoyadagi o'ringa
davogar sifatida qayd etdi
va Jonsni istalgan
chizig'ida harakat qila
olishini aytib o'tdi.

«Jonni Evans bu
mavsumni juda ajoyib
o'tkazmoqda, - deya
Inside Unitedga Ser Aleks.
- Xozir u 25 yoshda va
yana olti-yetti yil himoya
markazida asosiy
futbolchi bo'ladi.
Shubhasiz, Smolling, Jons
va Evanslar yaqin
vaqtlarda Vidich,
Ferdinand va Evralarning
o'rnini egallashadi.»

«Jons fantastik futbolchi,
u juda ajoyib talantga ega.
Xa, u himoya markazida
o'ynay oladi, ammo Jons
shunday futbolchilar
qatoriga kiradiki, u
istalgan chiziqda harakat
qila oladi. Biz uni
markaziy hujumchi
sifatida ham ko'rdik. Jons
ehtirosli futbolchi. U har
doim o'ynashga tayyor
bo'ladi. Qanot
himoyasidami? -
Muammosiz! Maydon
markazidami? -
Marhamat! Markaziy
himoyadami? Bu ham
bo'ladi!»

«Jons maydonning
istalgan nuqtasida o'ynay
olishi bilan Brayn
Makkleyrga o'xshab
ketadi. Brayn Makkleyr
juda zo'r futbolchi. Uni
birgina gapidan
tushunganman. -
«Himoyada o'ynay
olasizmi?» U kuladi. - Men
sizdan so'radim! U javob
beradi: «Keyingi hafta
meni markaziy himoyachi
sifatida ko'rasizlar.» Bu
uning harakteri va u
uyaltirib qo'ymagan.»
Просмотров: 285 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 Beks_7_Koson  
0
ferdinandga o'rinbosar

2 pleymeker  
0
M.Yuning bulajak sardori

1 manutd_96  
0
Omad jonsga

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]