FIFA ning maxsus sovrini bilan taqdirlangan ser Aleks Ferguson bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Bu mening "Manchester Yunayted"da qilgan mehnatlarimga berilgan baho deb bilaman. Murabbiy sifatida mening omadim kelgan sababi mening atrofida har doim ajoyib futbolchilar bo'lgan. Bu muhit "Yunayted"ni o'zgacha jamoaga aylantiradi. To'g'ri ba'zida mag'lubiyatlar ham bo'ladi. Ammo biz har doim g'alabaga intilamiz",-deydi ser Aleks Ferguson .