Главная » 2012 » May » 2 » Ferguson: "Manchester City - favorit, ammo "KPR"ga ochko kerak"
00:53
Ferguson: "Manchester City - favorit, ammo "KPR"ga ochko kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ser Aleks Ferguson Angliya chempionati 37-tur "Suonsi"ga qarshi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz g'alaba qozonishimiz va ko'p gol urib oradagi to'plar nisbatini qisqartirishimiz kerak edi. Aytish joizki, bu juda qiyin edi. "M.Yu" ko'plab imkoniyatlar yaratdi va yaxshi o'yin namoyish qildi. Bizga "Suonsi" kuchaymasligi uchun ikkinchi bo'lim boshida tezkor gol kerak edi, ammo ular bu bo'limda to'pni o'zlarida yaxshi ushlashdi".

Biz uch marta chempionlikni oxirgi turda qo'lga kiritganmiz, bu safar ham shunday bo'lsa qarshi bo'lmasdim. "Manchester City" yaqqol favorit, ammo "KPR"ga ochko kerak - ularning kelajagi shu o'yinga bog'liq".

"Xyuz o'z ishini biladi. Mark "Manchester Yunayted" bilan qanday o'ynashni biladi. Xyuz jamoasi doim oxirigacha kurashadi va bu jamoa APL uchunam jon jahti bilan "jang" olib boradi".

"Bizga o'z o'yinimizni yutish oson bo'lmaydi, ammo biz tayyormiz. Biz ishtiyoq bilan hal qiluvchi bahsda maydonga tushamiz",-deya Fergusonning so'zlaridan parcha keltirmoqda BBC.
Просмотров: 323 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]