Главная » 2013 » May » 8 » Ferguson: Karrington - bizning eng yaxshi boyligimiz.
02:09
Ferguson: Karrington - bizning eng yaxshi boyligimiz.
Ser Aleks Ferguson
Kerringtonni yangilash
uchun 20 million funt
qo'lga kiritgani aytib
o'tdi. Boss maydonni
nafaqat futbolchilarga
o'yin oldidan
tayyorlanishiga yordam
berishi, shuningdek yangi
istedodlarni kashf etishini
ham takidlab o'tdi.

«Karrington» birinchi
iyuldan yangi Aon
mashg'ulotlar maydoni
nomi bilan atalishi bilan
birgalikda yangi
ko'rinishga ham ega
bo'ladi.

«Men avvallari ham,
ehtimol, bu bizning eng
yaxshi boyligimiz
ekanligini aytib o'tgan
edim, - deya Inside
Unitedga intervyusida Ser
Aleks -. Tamirlashga 20
million sarflaymiz, ammo
biz ajoyib maydonga ega
bo'lamiz, barcha
futbolchilarimiz esa
baravariga: «Durust, endi
bizda ajoyib mashg'ulot
maydoni bor!», deb
aytishadi. Bu menimcha,
eng yaxshi, ajoyib
mashg'ulot maydonidir.»

«Ikkinchi mashg'ulot
maydoni «Kliff»
«Yunayted» taraqqiy
etishida muhim ro'l
o'ynaganligiga hech
qanday shubha yo'q, -
qo'shib qo'ydi Ser Aleks. -
Ser Matt uni 1950-
yillarda qurdirgan, ammo
1990-yillarga kelib u
klub uchun juda
kichkinalik qilib qolgan.
Biz sobiq kotibimiz Ken
Merrettdan uzoq vaqt
davomida biz uchun
maydon izlaganidan
mamnunmiz. Birinchi
bizning ko'zimiz ayni
damda «Siti»ga tegishli
maydonga tushgan.
Ammo yakunda biz,
ajoyib maydon,
«Karrington»ga
erishganmiz.»
Просмотров: 377 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Suroj09  
0
Hayirli kun!

1 ManchesterMadrid  
0
Ertalabdan yaxwi xabarlar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]