"Manchester Yunayted" mutasaddilari jamoa himoyachisi Rio Ferdinand bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq kelishuvning yangi shartlariga ko'ra Rioning haftalik maoshi £ 120 000 dan £ 70 000 gacha qisqartiriladi.
Aleks Ferguson Ferdinandni bir necha mavsum jamoada olib qolishini aytgandi, ammo futbolchining o'zi bunday maosh qisqartirlishiga rozi bo'ladimi, yo'qmi bu noaniq.
Ferdinandning klub bilan amaldagi shartnomasi 2013-yilda yakuniga yetadi, unga hozirda Xitoy, AQSH va Rossiya klublari qiziqmoqda.