Главная » 2013 » May » 15 » Ferdinand terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi
16:26
Ferdinand terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi
Rio Ferdinand Angliya terma
jamoasidagi faoliyatini yakunlashini
e'lon qildi, deya SkySports nashri
ma'lumot bermoqda.

Ferdinand bu haqida gapirib o'tar ekan,
terma jamoadagi yosh futbolchilarga
yo'l berishi haqida aytib o'tdi.

«Men bu haqida uzoq o'yladim. Men 34
yoshdaman, shunday vaqtda terma
jamoadagi yosh iqtidorlik
futbolchilarga yo'l berishing kerakligini
his qilasan ekan. Hozir terma jamoa
holati ajoyib, u yerda ajoyib talantga
ega yigitlar bor,» - deya aytib o'tdi
Ferdinand.

«Men terma jamoada juda baxtli
bo'lganman. Men muhlislarga,
murabbiyga va futbolchilarga o'z
minnatdorchiligimni bildiraman.»

Rio 1997-yildan beri termada o'ynab
kelayotgandi va jami 87 ta o'yinda
maydonga tushib, 3 ta gol muallifi
bo'lgan.

Ferdinand so'nggi bor milliy
terma libosida 2011-yil 4-iyunda
Yevropa chempionati saralash bosqichi
doirasida Shvetsariya (2-2) terma
jamoasiga qarshi maydonga tushgan.
Просмотров: 264 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Suroj09  
0
Ha termani yakunlash vaqti buldi.

1 CAPTAIN  
0
MYU Fabregasni olmoqchi ekanmi?..
Giggz yaqin orada murabbiylik litsenziyasini olar ekanmi? Kelasi mavsumdan öynovchi murabbiy bölar ekanda...
Nega bular haqida ma'lumotlar yöq. jaxl

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]