Главная » 2013 » Iyun » 17 » Ferdinand: Men umrimning oxirigacha "Yunayted" bilan bo'laman
01:11
Ferdinand: Men umrimning oxirigacha "Yunayted" bilan bo'laman
"Manchester
Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand belidagi jarohati tufayli Angliya termasida maydonga tusha olmaydi.

U esa bundan tushkunlikka tushmadi, aksincha, xursandligini ta'kidladi.

"2-3 yil oldin odamlar meni futboldan ketadi, deyishgandi. Bu qaro kunlar esimdan chiqmaydi. O'shanda tushkunlikka tushib qolgandim. Hatto bog'larda aylanib, bolalarim bilan ham yurolmay qolgandim. O'tgan mavsum juda yoqdi va men ko'plab o'yinlarda maydonga tushdim. "Yunayted"ni shunchaki tashlab ketolmayman. To'g'ri, abadiy ham o'ynolmayman, biroq manguga muhrlasa bo'ladi".

"Keyingi mavsumda televizor qarshisida o'tirib, futbol ko'rishni istamayman. Men maydonda bo'lishim kerak. Men faqat "Yunayted"da qolishni istayman, qarigunimcha va o'ynay olmay qolgunimcha. Terma jamoa uchun o'ynolmasligim yaxshilikka, yangi mavsumgacha tuzalib olaman".

"Bir nechta klublardan takliflar tushgan. Aldashni xohlamayman, ularning ba'zilari tushimga kirmaydigan pullarni ham taklif qilishgan. Ammo bu jamoa mening va hayotimning bir parchasiga aylanib bo'lgan. Ikki farzandim esa "Yunayted"dagi o'yinlarimni qoldirmay ko'rishadi. Bu juda katta faktor".

Eslatib o'tamiz: Ferdinand klub bilan yangi shartnoma imzoladi va 9 avgust kuni "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.
Просмотров: 586 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 bekham_7  
0
ajoyib

4 dior-evans  
0
Erkaki gapi bo'pti.

3 CAPTAIN  
0
Uning tajribasi yoshlarga aaaancha o'rnak bo'ladi

2 Beks_7_Koson  
0
колсанг факат хурсанд буламиз

1 Suroj09  
0
Rio Super!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]