Главная » 2013 » Iyul » 18 » Ferdinand ''Sevilya'' bilan o'yin haqida
19:00
Ferdinand ''Sevilya'' bilan o'yin haqida
Rio Ferdinand 9 avgustda uning
sharafiga “Old Trafford”da bo’lib
o’tadigan “Sevilya”ga qarshi o’yinni
muxokama qildi.

“Bu men uchun eng xayojonli kun
bo’ladi. Men allaqachon “United”da 10
yil o’ynaganimga ishongim kelmaydi.
Mening faoliyatim shunday bo’lganidan
juda xursandman. Bu jamoa barcha
munosabatlarda noyobdir, uning tarixi
va an’analari ajoyibdir. Bu yerda
muvaffaqiyatlarga erishish
imkoniyatlariga egasan va shuning
uchun ham dunyodagi eng zo’r muxlislar
seni qo’llab turishadi. Muxlislar doimo
men bilan iliq munosabatda bo’lishdi. Bu
o’yindan ular mamnun bo’lishadi deb
o’ylayman” – deb yozadi manutd.com.

Ser Aleks xam 2002 yil shartnoma
imzolagan angliyalik ximoyachi haqida
shunday deydi: “Jamoa va Rio
xozirgacha birga ekanligi ajoyib. U
dunyoning eng yaxshi markaziy
ximoyachilaridan biri xisoblanadi va bu
kecha uning uchun ham, muhlislar
uchun ham ajoyib bo’ladi”.
Просмотров: 594 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 ROONEY10  
0
Moyes va Mourinyo Runi uchun kurashmoqda:

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]