Главная » 2013 » Mart » 6 » Federiko Makeda "Shtutgart"da qolmoqchi.
18:51
Federiko Makeda "Shtutgart"da qolmoqchi.
Hujumchi Federiko Makeda "Shtutgart"da o'ynayotganidan mamnun va u ijara muddati yakunlanganidan so'ng doimiy shartnoma imzolamoqchi ekan.

"Manchester Yunayted" Makedani yanvarda tajriba orttirishi uchun Bundesligaga yuborgan edi. "Old Trafford"da hujum chizig'ida vujudga kelgan raqobat uning maydonga tushish ehtimolini pasayitirib yuborgan edi.

Makedaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi ushbu yozda o'z nihoyasiga yetadi va Makeda shartnomani uzaytirmoqchi emas.

"Yanvarda men faqat ijaraga yuborilishim mumkin edi, ammo klubga qaytishimni ham bilar edim. "Shtutgart" menga doimiy shartnoma taklif qilsa, men bundan juda hursand bo'laman. "Manchester Yunayted"da raqobat juda kuchli. Men esa "Shtutgart"da qolmoqchiman. Bu yerda yoshlarga imkon beriladi, men bu yerda o'z o'rnimni topa olishimni his qilyapman" - deya aytib o'tdi BILD nashriga intervyusida Makeda.
Просмотров: 336 | Добавил: ManchesterUnited | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 Dwight_Yorke  
0
Makedaga masakan o'zi o'ynash Anglada, lekin baribir omad unga

4 Ashley-Young7707  
0
hozir sani diydoying yetmay turovdi.
uzi hozir yurakka sigmayapti

3 dior-evans  
0
Omad sanga Federko bankada 4iriganindan wu yaxwi.
2009 yilgi gollarini he4 qa4on unutmimiz.

2 Suroj09  
0
omad Makeda.

1 ManchesterMadrid  
0
Myuda zaxirada otirgandan kora wtugartda oynagani yaxwi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]