Главная » 2013 » Sentabr » 30 » Devid Moyes: "Shaxtyor"ga qarshi kuchli tarkib maydonga tushiriladi"
13:53
Devid Moyes: "Shaxtyor"ga qarshi kuchli tarkib maydonga tushiriladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes chempionlar ligasining navbatdagi turida "Shaxtyor"ga qarshi kuchli tarkibni maydonga tushirmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"O'ylashimcha biz bu uchrashuvga o'zimizning kuchli tarkibizmini maydonga tushirishimiz lozim. Bu uchrashuv juda ham qiyin bo'ladi sababi "Shaxtyor" ajoyib jamoa. Men ularning bir qancha asosiy futbolchilaridan ayrilganligini bilaman, lekin "Shaxtyor" Ukrainaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib qolaveradi".

"Bayer"ga qarshi uchrashuv biz uchun fantastik tarzda o'tdi. Endi men chorshanba kungi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Chempionlar ligasi bazi bir jamoalardagi moliyaviy jihatdan katta kuchga ega ekanligi tufayli ham yanada qiyinlashdi. Raqobat oshgan. Lekin bu unchalik ahamiyatga ega emas. Masalan o'tgan mavsumda hech kim "Sity"ni guruhda qolib ketadi deb o'ylamagan edi. Shuning uchun ham har bir uchrashuvga jiddiy etibor qaratish lozim".

"Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun tarkibda 5-6 ta jahon darajasidagi o'yinchilar kerak. Mana hozirda "Bavariya", "Real" va "Barselona" singari. Bizda Yevropa maydonlarida munosib ishtirok etish uchun ajoyib tajriba bor" dedi Moyes.
Просмотров: 556 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]