Главная » 2013 » Iyul » 9 » De Xea, Valenciya va Chicharitodan ajoyib intervyu
18:32
De Xea, Valenciya va Chicharitodan ajoyib intervyu


"Manchester Yunayted" rasmiy sayti David De Xea, Antonio Valenciya va Chicharitolardan bir biriga bo‘lgan fikrlari haqida intervyu oldi.
_
Salom yigitlar. Demak birinchi Antoniodan boshlaymiz. Bu mavsumdagi uning o‘yinini qanday baholaysizlar?
_
David: Meni o‘ylashimcha u mavsumni yaxshi boshladi. Keyinchalik esa jarohat oldi, shunday emasmi Antonio?
Tiklanishi uchun ozmuncha vaqt ketdi. U formasini tiklash uchun maksimum harakat qildi va mavsum oxirida buni uddaladi.
_
Chicharito: Antonio o‘tgan mavsumda jamoamizning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi va bu tasodif emas, u bizni ko‘p o‘yinlarda g‘alabaga yetakladi. Ha, Antonio bu mavsumda qandaydir natija ko‘rsata olmadi, lekin David aytganidek unga haqiqatdan ham jaroxatlar xalaqit qildi. Lekin biz hammamiz Antonioning qudratini bilamiz, shuning uchun yana u bizga juda kerakli o‘yinchiga aylanishini kutamiz. Bizning jamoada hamma o‘z joyini va vazifasini yaxshi biladi. O‘ylashimcha Antonio jamoamiz uchun o‘z o‘yini bilan ishonchi va “Yunayted”dagi o‘rniga erishadi.
_
Endi navbat Davidga...
David De Xea:
Men haqimda yaxshi gapiringlar.
_
Chicharito: Oldingi intervyularimdan birida Davidni hozirgi vaqtda dunyoning eng zo‘r o‘yinchilardan biri ekanligini aytgandim. Shahsan men uchun u dunyodagi eng yaxshi darvozabon. Bu mavsumda David uning asosiy tarkibdagi joyini egallashi kerakligini isbotladi. O‘ylashimcha xohlagan o‘yinchi unga ishonch bildirishsa o‘zining eng yaxshi o‘yini ko‘rsata oladi va David buni haqiqatdan uddaladi.
_
Antonio: U hamma uchun ideal. Ishonchim komilki uni Ispaniya terma jamoasining birinchi jamoasiga chaqirishadi. Uning jamoadagi do‘stlari 1-2 yildan o‘z yurtining asosiy darvozaboni bo‘lishini bilishadi. Biz uning o‘yinidan xali ko‘p marotaba zavq olamiz.
_
Xaverni qanday odam deb hisoblaysizlar?
Antonio:
Xaver haqida nimadir yangi gap aytishim qiyin. U bizning jamoamizga kelganiga uch yil bo‘ldi va qanchadan qancha muhim gollar urdi bu esa ajoyib. Uning bu mavsumdagi ko‘rsatkichlariga qarang.
Agar adashmayotgan bo‘lsam 25ta o‘yinda 15ta gol. Mening nazarimda bu ajoyib natija. U mening jamoadoshim ekanligidan va har kuni men bilan mashq qilishidan juda xursandman.
_
David: Janob Antonio aytganidek Chicha maydonda biz uchun juda ham kerak. U juda ham hushchaqchaq va tartibli inson. Uni o‘z ishiga qanday yondashishini ko‘rish yetarli. U bilan yonma- yon o‘ynash juda yoqimli. Unda ko‘p yaxshi seriya bor va Xaver biz uchun juda ko‘p hayotiy muhim gollar uradi.
_
Chicharito: Men shuni aytishni xohlardimki David va Antonio bilan ishlashdan xursandman. Biz ispan tilidan suhbatlashishimiz mumkin, bu esa juda muhim.
_
Javlonbek Yusupov tarjima qildi
Просмотров: 892 | Добавил: Suroj09 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 Ashley-Young7707  
0
4#sani tilini tuwunmeman !
man ramazonda xech kim bn uruwib ruzamni buzmoqchi basman wunchun mani kayfiyatimi buzolmesan!

5 CAPTAIN  
0
Ha, örtoq Husanov!

4 dior-evans  
0
#1
qiwlaqi sanga betdan sibalsa qigin demaganmidim.

3 dior-evans  
0
E qoil akalar !

2 Rooney_8  
0
Anavi Alkantara qachon kelarkin endi a

1 Ashley-Young7707  
0
uchovi ham juda ajoyib uyinchilar.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]