Главная » 2013 » Iyul » 18 » Dazet Wilfried Armel Zaxa haqida kichik ma'lumot
10:41
Dazet Wilfried Armel Zaxa haqida kichik ma'lumot
Dazet Wilfried Armel Zaha 1992 yilning
10-dekabrida Abidjan da tug'ilgan. Zaha
4 yoshida o'z oilasi bilan Angliyaga
ko'chib o'tadi.

Zaha 2002-yilda Kristal Pales klubi
a'zosiga aylanadi.Zaha Kristal Palesda ilk
debyut uchrashuvini 2010-yilning 27
martida Kardif siti klubiga qarshi
o'tkazadi.2010-yil 7-avgustda esa Zaha
Lesterga qarshi bo'lgan o'yinda o'zining
ilk golini kiritadi.
2012-yilning martida Zaha futbol
ligasining eng yaxshi futbolchisi bo'ladi.

2013-yil 25-yanvarda Zaha Manchester
United futbolchisiga aylanadi.Biroq Zaha
kelishuvga binoan mavsum so'ngigacha
o'z klubida ijara asosida faoliyatini
davom ettiradi.2013-yilning yakunlariga
ko'ra Zaha chempionshipning eng yaxshi
futbolchisiga aylanadi.Shuningdek u
chempionshipning ramziy terma
jamoasidan joy egallaydi.

Zaha ham Kot Divuarda ham Angliya
terma jamoasida harakatlanishi
mumkun.Chunki u Kot Divuarda
tug'ilgan.Angliyada esa o'sib
ulg'aygan.2012-yilda Zaha ilk marotaba
Roy Xojson tomonidan Angliya terma
jamoasiga chaqiriladi va Shvedlarga
qarshi o'yinda Sterling o'rniga
maydonga tushadi.

Zahaning bo'yi 180 santimetr.Og'irligi
esa 66 kg. U Kristal Pales safida 126
o'yinda raqiblar darvozasini 13 marta
ishg'ol etgan.
Просмотров: 465 | Добавил: ManchesterMadrid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
5 1987_29  
0
Zaxaga gap yöq

4 ManchesterMadrid  
0
Bu xabarni kiritdigu

3 CAPTAIN  
0


Britaniya matbuotlarining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining yangi yulduzi bo'lishi Adnan Yanuzay bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
18 yoshli yarim himoyachi Yanuzay o‘tgan mavsumning may oyida o‘rinbosarlar tarkibining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan edi. Devid Moyes uni Osiyodagi safarga ham jalb qilgan. «MYu» tarkibida belgiyalik yarim himoyachi «Singxa yulduzlari» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi.
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda Adnanga Kataloniyaning «Barselona» va Turinning «Yuventus» jamoalari ham qiziqish bildirishgan.
Futbolchining agentining gaplariga ko‘ra Adnan yangi mavsumni «Yunayted» ning asosiy tarkibida o‘tkazishi mumkin va tez orada uzoq muddatli yangi shartnoma bandlarini jamoa rahbarlari bilan ko‘rib chiqqishga tayyor.

2 jasper  
0
yana bir yulduz

1 futb@list-MU  
0
Abidjan Nigeriyani poytaxtiyu

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]