The Daily Mail nashrining tarqatayotgan xabarlariga ko'ra, "Manchester Yunayted"dagi jarohatlar epidemiyasi darvozabonlargacha yetib boribdi. Nashrlarning ta'kidlashicha, dushanba kungi mashg'ulot oldidan David De Xea o'zini juda yomon his qilayotganini klub murabbiylariga aytgan, Andres Lindegor bo'lsa, mashg'ulot paytida olgan jarohati bois, Karringtonni oyog'ida maxsus bandaj bilan tark etgan.
Agar ispaniyalik darvozabon bugungi o'yingacha tiklanmasa, Aleks Ferguson so'nggi bor o'tgan yozda klub darvozasini qo'riqlagan 21 yoshli Ben Eymosga ishonch bildiradi. Bizda shuningdek Tomash Kushchak ham bor, ammo u yarim yildan beri "Old Trafford"ni tark etish haqida o'ylayabdi.