Seshanaba, 02.07.2024, 23:18
Приветствую Вас Mehmon | RSS | Регистрация | Вход
21:53 Bruno Gomes: "Yunayted" mening orzuyim | |
Iqtidorli braziliyalik hujumchisi Bruno Gomes tez vaqtlar ichida "Manchester Yunayted" safiga qo'shilishga umid qilmoqda. 18 yoshlik hujumchi o'tgan yil qishda "Yunayted" ko'rigidan o'tgan va Ser Aleks Fergusonda yaxshi taasurot qoldirgandi. Oldinroq, klub u bilan shartnoma imzolash niyatida ekanligi xabar qilingan edi. Ammo braziliyalik Ser Aleks o'z postidan ketishi u uchun "Old Trafford"ga yo'l yopilishi mumkinligini aytib o'tdi: "Klubda o'zgarish bo'ldi, shuning uchun "Yunayted" bilan shartnoma imzolaymanmi yoki aksincha, buni bilmayman. Endi shunchaki kutishim kerak", - deya Bruno thepeopleperson.com ga aytib o'tdi. "Men "Yunayted"ning 2011-yildagi gerbi tushurilgan futbolkasini orzu qilaman. Albatta, men klub tarixi va angliya chempionatiga kirmoqchiman". Eslatib o'tamiz, Bruno Gomes dekabr oyida "Desportivo Brazil" klubi a'zolari o'rtasida "Oltin to'pini" qo'lga kiritgan edi. Yosh hujumchi klubi tarkibida 27 marta maydonga ham tushgan. | |
|