Leverkuzenning "Bayer" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Dimitar Berbatov transferi borasida taklif bilan chiqmoqchi, deya xabar tarqatmoqda TMW. Ushbu nashrda yozilishicha, germaniyaliklar 30 yoshli hujumchini yanvardanoq "Bayer"ga qaytarishmoqchi. Dimitar ushbu mavsumda Premier ligada 6 marta maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Berbatov bundan oldin 2001-2006-yillarda ham "Bayer" sharafini himoya qilgan.