Главная » 2013 » Sentabr » 30 » Anderson: Mag'lubiyatni unutib, oldinga intilishimiz kerak
13:52
Anderson: Mag'lubiyatni unutib, oldinga intilishimiz kerak
"Manchester Yunayted" yarim ximoyachisi Anderson jamoadagi sheriklarini "Vest Bromvich"dan uchralgan mag'lubiyatni unutgan holda chempionlar ligasining navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak ekanligini takidlab o'tdi.

"biz ushbu uchrashuvdan xech bo'lmaganda bir ochko olishimiz kerak edi. Biz bir qancha gol urish mumkin bo'lgan vaziyatlar yaratdik, ammo ularni yakunlay olmadik. Afsuski buni raqiblarimiz udalay olishdi" deya Anderson so'zlaridan iqtibos keltirdi manutd.com.

"Biz bu mag'lubiyatni unutgan holda oldinga qarab intilishimiz va mashg'ulotlarda bor kuch bilan harakat qilishimiz lozim. Biz har bir turnirdagi, har bir o'zimiz qatnashayotgan uchrashuvda g'alaba qozonishni hohlaymiz. Biz keyingi o'yinga yaxshilab tayyorgarlik ko'rishimiz va unda g'alaba qozonishimiz zarur. Biz o'zimizning xarakterimizni ko'rsatishimiz lozim. Bu ish oson emas, lekin biz oldinga intilgan holda kurashda davom etishimiz kerak" dedi Anderson.
Просмотров: 265 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]