Payshanba, 04.06.2026, 17:29
Приветствую Вас Mehmon | RSS | Регистрация | Вход
08:16 Aleks Ferguson Van Persi haqidagi xabar haqida fikr bildirdi | |
| "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ser Aleks Ferguson klub "Arsenal" hujumchisi Robin Van Persiga yangi shartnoma taklif qilganini tasdiqladi va murabbiy uning "M.Yu"ga o'tishiga ishonmoqda. Shuningdek aytish joizki, Manchester Evening News gollandiyalik futbolchi yaqin soatlarda "qizil iblis"ga aylanishi haqida xabar tarqatgandi. Kecha o'tkazilgan "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin Ferguson bu xabar haqida fikrini bildirdi. Uning aytishicha, "Yunayted" Van Persi borasida jiddiy taklif bilan chiqqan va u "Arsenal" bu taklifga rozi bo'lishiga ishonmoqda. "Biz taklif bilan chiqdik. O'ylaymanki, ular rozi bo'lishadi va u bizniki bo'ladi",-deya Sky Sports nashriga intervyu berdi Ferguson. Kecha shu bilan birgalikda "Yunayted" Lukas Maura transferini ham boy berdi. Fergusonning aytishicha, "San Paulu" "PSJ"ning katta summasi rozi bo'lgan ekan. "Fransiya klubi 19 yoshli bolaga 45 mln. yevro to'lashi meni ajabga soldi. So'nggi oylarda ular qariyb 150 mln funt sarf qilishdi. Sizga ma'lumki, bunga faqatgina UEFA xalal berishi mumkin",-deya qo'shimcha qildi Boss. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |