Главная » 2013 » May » 8 » Aleks Ferguson: "Klubdan ketish men uchun oson emas, ammo hozir ayni payti"
14:29
Aleks Ferguson: "Klubdan ketish men uchun oson emas, ammo hozir ayni payti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Aleks Ferguson mavsum so'nggida klubni tark etishi to'g'risidagi xabarga o'z izohini bildirdi.

"Men ketish haqida juda ko'p o'yladim. Bu qarorni qabul qilish menga oson bo'lmadi. Ammo hozir ketishning ayni vaqti. Men uchun jamoa har doim kuchli bo'lib qolishi muhim edi. Menimcha men buni uddaladim".

"Kuch va samara hozirgi "Manchester Yunayted"ning keyingi yuksak natijalariga ko'mak beradi. Shuningdek yoshlar bilan ishlash strukturasi ham klubning buyuk kelajagiga kafolat beradi".

"Bizning baza infrastrukturasi - dunyoda eng kuchlilardan hisoblanadi. "Old trafford" esa dunyoda eng yaxshi stadion".

"Men o'z oilamga minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab - quvvatlashi menga yordam berdi. Men rafiqam Kettiga faoliyatim davomida menga ko'makdosh bo'lganidan minnatdorman".

"Men "Manchester Yunayted"ning hozirgi va oldingi barcha futbolchilari va a'zolariga o'z minnatdorchiligimni izhor qilishni xoxlayman. Ularning o'z kasbiga professional tarzda yondashishi klubni shu darajaga yetkazdi".

"Ularsiz "MYu" tarixi bunchalik boy bo'lmas edi",-deya aytib o'tdi Fergi.
Просмотров: 372 | Добавил: Chicharito | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 13
13 Beks_7_Koson  
0
нима дердик САФнинг кейинги иши ва саломатига омадлар тилаб коламиз РАХМАТ СИЗГА САФ

12 CAPTAIN  
0
Afsus, lekin bunga könikishga majburmiz.
SER ALEKS, qilgan xizmatlaringiz uchun rozi böling. Siz biz uchun baribir buyuk murabbiy bölib qolaverasiz. Rahmat sizga, BOSS.

11 Ashley-Young7707  
0
10# u 38ta titul yutganmi?
2ta echl,13ta apl,5anglya kubogi,5ta liga kubogi.super kubiklar, klublar urtasidagi
jahon chempionati va bowqalar.

10 ManchesterMadrid  
0
Buni xechkim kutmagandi lekn 100foiz togri iw qilyabdi garchi buni ozi xoxlamasada biz va klub xam bunga qarwi lekn togri qilyapti chempion bolib ketyabdi keyingi yillar ozida muammolar yuzaga keliwi mumkin axir 70miwdan otdi

9 ROONEY10  
0
Kamoliddin, to'g'ri qachondir shunday bo'lardi, ammo xech kim bunga tayyor emasdi, kamida yana 2 yil ishlaydi deb ishonardim

8 Suroj09  
0
METT BASBBY chi?

7 Ashley-Young7707  
0
1# unaqasi yuq!!

6 Ashley-Young7707  
0
6#wunday!

5 ManchesterMadrid  
0
Ex chatoq bolyabdida

4 Suroj09  
0
Dilshod Aka Ferguson Direktorlar kengashida faoliyatini davom etiradi Manimcha.

3 Chicharito  
0
xafa bumang Dilwod aka, bu qachondir sodir bulardi

2 Chicharito  
0
Raxmat Ferguson!!!

1 Suroj09  
0
S E R
A L E K S
F E R G U S O N


Tarixda
MANCHESTER UNITED ning Eng buyuk 2 ta Murabbiyidan 1 tasi bo'lib qoladi.


SER ga Qlgan hizmatlari uchun RAXMAT aytamiz!
Keyingi Faoliyatiga
O M A D Tlimiz!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]