Главная » 2012»Fevral»17 » Aleks Ferguson: Biz yaxshi o'ynamadik, lekin g'alaba qozondik
09:40
Aleks Ferguson: Biz yaxshi o'ynamadik, lekin g'alaba qozondik
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi ser Aleks Ferguson Evropa ligasi 1/16 finalidagi "Ayaks"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yakuniy natijadan qoniqdim. Bu uchrashuv odatiy o'yinlardan biri bo'ldi. Biz unchalik yaxshi o'ynay olganimiz yo'q, biroq hamma vaqt o'yindagi yuqori tempni ushlab tura oldik. Birinchi bo'limda bizda umuman tayinli bir imkoniyat bo'lgani yo'q. Faqat ikkinchi bo'limdagina vaziyat birmuncha o'zgardi".
"Umuman olganda, bu juda yuqori darajadagi o'yinlardan biri bo'lmadi, biroq biz g'alabani qo'lga kiritdik.Kiritilgan ikkinchi gol keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimizni keskin oshirib yubordi", - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC telekanali.