Главная » 2012»Mart»3 » Ferguson: Skoulz yana bir mavsum o'ynaydi
17:51
Ferguson: Skoulz yana bir mavsum o'ynaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi ser Aleks Ferguson o'z jamoasining 37 yoshli yarim himoyachisi Pol Skoulz joriy mavsum so'ngida o'z faoliyatini uzil-kesil yakunlashi uchun sabab ko'rmayotganini aytib o'tdi.
"Biz hozircha u bilan kelajagi xususida gaplashganimiz yo'q, lekin men uning qolmasligi uchun sabab ko'rmayapman. Nega u yana bir yil o'ynamasligi kerak? O'tgan mavsumda ohirida unga 25-30 o'yinda maydonga tushishini va'da bergandim. Bu unga etarli ko'rinmadi chog'i, faoliyatini tugatishga qaror qildi. Keyin oldimga kelib xato qilganini tan oldi. Endi esa men haq bo'lganimga guvoh bo'lib turibmiz. U ajoyib formada", -dedi Ferguson.